Iqtisod

Rossiya va Oʻzbekiston savdo hajmi yaqinda $ 10 milliardga yetadi – Aripov

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Pandemiyaga qaramasdan yil boshidan buyon Rossiya va Oʻzbekiston savdo hajmi 15%ga oshdi.
TOSHKENT, 22 iyun – Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston orasidagi savdo aloqalari hajmi yaqin orada 10 milliard dollarga yetishi mumkin, dedi Abdulla Aripov bugun Moskvada boʻlib oʻtgan Rossiya – Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining 2-yigʻilishida.
Oʻzbekiston bosh vaziri aytishiga qaraganda, ikki davlat orasida yaratilgan hamkorlik mexanizmi ushbu munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Xususan, pandemiyaga qaramasdan, yil boshidan buyon Oʻzbekiston va Rossiya orasida savdo hajmi 15 % oʻsishi kuzatilmoqda.

“Savdo hajmi oʻsishda davom etgan taqdirda biz yaqin orada, belgilangan marra – 10 milliard dollarga yetamiz”, - dedi Aripov.

Bosh vazir soʻzlariga koʻra, buning uchun bir qator faktorlar xizmat qilmoqda:
Rossiya vazirliklari va muassasalari, hudud rahbarlari bilan doimiy ravishda oʻtkazib kelinayotgan sermahsul uchrshuvlar, imzolangan bitimlar;
Rossiya va Oʻzbekiston orasida tovarlarning bojxona qiymati haqida maʼlumot almashuv va soddalashtirilgan bojxona koridori yaratish toʻgʻrisida imzolangan yangi bitimlar;
Rossiya tomonidan Oʻzbekistonning turli sohalariga kiritilgan, umumiy qiymati 10 millard dollardan ortiq boʻlgan investitsiyalari;
Oʻzbekistonda Rossiya kapitali yordamida yaratilayotgan korxonalar soni oshib borayotgani. Xususan, yil boshidan buyon rossiyalik tadbirkorlar ishtirokida 90 ta yangi korzxona yaratilgan;
Maʼlumot uchun, bugun 22 iyun kuni Moskvada Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlarini yanada faollashtiruvchi 12ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala