Dunyoda

Birdaniga 10 nafar bola tuqqan ayol haqida xabar yozgan muxbir uzr soʻradi

Ruka mladentsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Janubiy Afrikada ayol tomonidan birdaniga 10 farzand tugʻilishi haqidagi xabar muallifi Pit Rampedi hikoyani nashr etgani uchun uzr soʻradi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Janubiy Afrikada ayol tomonidan birdaniga 10 farzand tugʻilishi haqidagi xabar muallifi Pit Rampedi hikoyani nashr etgani va maʼlumotlarni yetarli darajada tekshirilmaganligi uchun rahbariyat va hamkasblaridan uzr soʻradi.
Eslatib oʻtamiz, Pit Rampedi Janubiy afrikalik 37 yoshli ayol birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirib, jahon rekordini oʻrnatgani haqida maqola yozdi: goʻyoki, Gauteng provintsiyasida yashovchi Gosiame Tamara Sitole 7 nafar oʻgʻil va 3 nafar qizni tugʻdi.
V Yujnoy Afrike jenщina rodila 10 detey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Dunyoda
“Salkam futbol jamoasi”: afrikalik ayol birdaniga 10 nafar bolani dunyoga keltirdi – foto
Janubiy Afrika Sogʻliqni saqlash vazirligi 10 bola tugʻilishi haqidagi xabarga hech qanday tasdiq topmadi. Gosiame Sitolening sherigi ham bolalarni koʻrmaganligini va ularning mavjudligiga isbotsiz ishonishdan bosh tortganligini aytdi.
Maqola muallifi manbalarga ishonib, bu masalasini chuqur oʻrganmaganligini tan oldi, ammo u ayolning homilador boʻlganini aytadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala