Rossiya

Rossiya FXX rahbari terrorchilar yaratgan kompyuter oʻyinlari xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishDirektor Federalnoy slujbы bezopasnosti RF (FSB Rossii) Aleksandr Bortnikov
Direktor Federalnoy slujbы bezopasnosti RF (FSB Rossii) Aleksandr Bortnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Aleksandr Bortnikovning taʼkidlashicha, internetda boʻlajak terrorchilarni “ishlab chiqaruvchi” tuzilma faoliyat yuritadi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Terrorchilar foydalanuvchilarni terakt sodir etish oʻyinlarga olib kiruvchi kompyuter oʻyinlarini yaratishmoqda. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, internetda boʻlajak terrorchilarni “ishlab chiqaruvchi” tuzilma faoliyat yuritadi. Yoshlar alohida xavf guruhida. Bortnikov yosh foydalanuvchilarning ruhiy holatiga ijtimoiy tarmoqlardagi va ommabop kompyuter oʻyinlarining chatlarida taʼsir koʻrsatilishini taʼkidladi.
“Qolaversa, terrorchi guruhlar shunga oʻxshash oʻzlarining oʻyinlarini yaratishning yangi bosqichiga chiqishgan. Ular foydalanuvchilar ongiga terakt sodir etish oʻyin vaziyatiga qoʻshish yoʻli bilan taʼsir etishadi”, - dedi Bortnikov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Strelba u shkolы v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Rossiya
Qozondagi fojia tafsilotlari maʼlum boʻldi
Rossiya FXX rahbari mamlakatda yoshlarni zoʻravonlik gʻoyalari taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala