Iqtisod

Umurzakov va Manturov prezidentning Rossiyaga tashrifiga oid masalalarini muhokama qilishdi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaVitse-premyer Uzbekistana, ministr investitsiy i vneshney torgovli Sardor Umurzakov i ministr promыshlennosti i torgovli Rossii Denis Manturov proveli peregovorы v Moskve
Vitse-premyer Uzbekistana, ministr investitsiy i vneshney torgovli Sardor Umurzakov i ministr promыshlennosti i torgovli Rossii Denis Manturov proveli peregovorы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Oʻzbekiston va Rossiya vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rejalashtirilayotgan tashrifining iqtisodiy kun tartibiga oid masalalarni muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Moskvada 23 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakov Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rejalashtirilayotgan tashrifining iqtisodiy kun tartibini tayyorlash masalalari asosiy oʻrinni egalladi.
Ushbu yoʻnalishda, tomonlar quyidagilarga kelishib olishdi:
investitsiya bitimlari va savdo shartnomalariga erishish uchun tegishli vazirlik va idoralarning sanoat kooperatsiyasining yangi loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirishga;
Oʻzbekiston Investitsiyalar vazirligi hamda Rossiya Sanoat vazirligi oʻrtasida tashkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi: Ofis tomonidan hozirgi kunda farmatsevtika, ishlov berish, mashinasozlik, metallurgiya va kimyo sanoatida yirik loyihalar ustida ish olib borilmoqda;
oʻzaro savdoni rivojlantirish maqsadida, tomonlar Oʻzbekistonda texnik tartibga solish va standartlashtirish tizimini takomillashtirish, ushbu sohada hamkorlik qilish uchun rossiyalik ekspertlarni jalb etish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Muzokaralar yakunida oʻzaro kelishuvlarni amalga oshirish va qoʻshma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish boʻyicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala