Video

"Alvon yelkanlar": Rossiyaning asosiy bitiruv kechasidan videolavha

Sankt-Peterburg shahrida 25-26 iyun kunlari barcha maktab bitiruvchilarining uzoq kutilgan bayrami - "Alvon yelkanlar" bitiruv kechasi boʻlib oʻtdi.
Bitiruv kechasi soat 20:00da Saroy maydonida kontsert bilan boshlandi. Turli shaharlardan kelgan maktab bitiruvchilari shahar koʻchalarida ommaviy sayl uyushtirishdi. Pandemiya munosobati bilan tadbirlar biroz cheklangan boʻlsa-da, baribir juda koʻp odam jamlandi.
Tungi soat 1lar atrofida teatrlashtirilgan tomosha boshlandi va salyut otildi. Shundan soʻng klassik musiqa sadolari ostida Neva daryosi boʻylab “Rossiya” alvon rangli yelkanli kemasi suzib oʻtdi. Kemaning eshkaklari oʻrnida projektorlar oʻrnatilgan boʻlib, ular suv sathidan misli eshkak kabi harakatlandi.
“Alvon yelkanlar” bu Aleksandr Grinning 1920 yilda yozilgan "Alыe parusa" nomli asaridan olingan timsol boʻlib soʻnmas orzu ramzidir. Grin asarida Assol ismli qiz hech narsaga qaramasdan oʻz orzusiga sodiq qoladi va kunlarning birida, darhaqiqat, moʻjiza yuz beradi. U orzu qilgan alvon yelkanli kemada uning sevgilisi keladi. Aytish joizki oʻsha vaqtlarda barcha yelkanlar oq rangda boʻlgan.
Rossiya bitiruvchilari uchun alvon yelkanlar, katta hayotga yoʻl olishdan oldin oʻz orzularni unutmaslikni va har doim ularga sodiq qolishni eslatib turuvchi ramzdir.
Ushbu ajoyib tomoshani videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala