Migratsiya

Migrantlar qonunga amal qilish va Rossiyaga zarar yetkazmaslik haqida shartnoma imzolaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMoskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Rossiya IIV xulosasiga koʻra, ushbu tartib migrantlarga qoida va cheklovlar haqida maʼlumot berish va yumshoq maʼmuriy-profilaktik chora vazifasini bajarishi kerak.
TOSHKENT, 26 iyul – Sputnik. Rossiyaga vizasiz tartibda kirib kelayotgan migrantlar majburiy tartibda daktiloskopiya (barmoq izlari topshirish) hamda viza bilan kirib kelayotgan migrantlar “Qonun qoidalarga amal qilish shartnomasi” (soglasheniye o loyalnosti) imzolaydi, deb xabar qilmoqda TASS Rossiya IIVga asosan.
Ushbu tartib Rossiyada ayni damda ishlab chiqilayotgan migratsiya haqidagi yangi qonun kontseptsiyasida aytib oʻtilgan.
“Qonun qoidalarga amal qilish shartnomasi” - mehnat migrantlari Rossiya hududida boʻlish va mehnat faoliyatini amalga oshirishda amaldagi qonun-qoidalardan va ularni buzish oqibatlaridan xabardor ekanini maʼlum qiladi va Rossiyaga zarar yetkazmaslikni vaʼda beradi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, shartnomada xorijiy fuqaro qonun-qoidaarni buzishi oqibatida uni Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish (deportatsiya) qilishga toʻgʻri kelsa, ushbu jarayon bilan bogʻliq xarajatlarning xorijiy fuqaroning oʻzi qoplash majburiyati yuklanadi.
Xabarda aytilishiga koʻra, “Qonun qoidalarga amal qilish shartnomasi” (soglasheniye o loyalnosti) Rossiya hududiga viza orqali kirib kelayotgan migrantlar imzolaydi.
IIV maʼlum qilishiga koʻra, ushbu chora migrantlarga Rossiyada belgilangan qonun-qoidalar, cheklov va taʼqiqlar haqida maʼlumot berish, ogohlantirish va yumshoq maʼmuriy-profilaktik chora vazifasini bajarishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda ruxsat beruvchi hujjatlar muddati tugagan mehnat migrantlariga Rossiyada qolish 2021 yilning 30 sentyabriga qadar uzaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala