Jamiyat

Toshkentdagi savdo majmualarida aholini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente v supermarketax i eko bazare startovala vaktsinatsiya naseleniya
V Tashkente v supermarketax i eko bazare startovala vaktsinatsiya naseleniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Bugun, 27 iyundan, Toshkent shahridagi barcha savdo shoxobchalarida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV torgovыx tochkax Tashkente startovala vaktsinatsiya naseleniya
V torgovыx tochkax Tashkente startovala vaktsinatsiya naseleniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
V torgovыx tochkax Tashkente startovala vaktsinatsiya naseleniya
Yashnobod tumani markaziy poliklinikasida oilaviy shikofor boʻlib ishlovchi Hilola Qulahmadovaning maʼlum qilishicha, savdo markazida vaktsinaning birinchi dozasini olish mumkin. Buning uchun pasport soʻraladi. Vaktsinaning qolgan dozalarini fuqarolar oʻzlari yashaydigan poliklinikalarda olishlari mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV torgovыx tochkax Tashkente startovala vaktsinatsiya naseleniya
V torgovыx tochkax Tashkente startovala vaktsinatsiya naseleniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
V torgovыx tochkax Tashkente startovala vaktsinatsiya naseleniya
Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan emlanish aktsiyasi "Men vaktsina oldim" (#men_vaktsina_oldim) shiori ostida boʻlib oʻtmoqda. Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qatlamini oʻzlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infektsiyasiga qarshi bepul ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilangan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, savdo shoxobchalarida koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 oʻzbek-xitoy vaktsinasidan tashqari “Sputnik V” vaktsinasi bilan ham emlanish mumkin. Biroq “Sputnik V” vaktsinasining miqdori kamligi sababli u hamma nuqtalarga yetkazilmagan. Yaqin kunlarda bu vaktsinaning yanada koʻproq partiyasi olib kelinsa, uning savdo joylaridagi miqdori koʻpaytiriladi.
Vaktsina ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Oʻzbek-xitoy vaktsinasi "hind shtammi"ga ham qarshi tura oladi
Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sputnik muxbiriga Oʻzbekiston va Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasining birinchi komponentini olganini maʼlum qilgan edi.
Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining maʼlumotlariga koʻra, ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi koronavirusning "delta shtammiga" qarshi ham samaradordir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala