Jamiyat

“Jazeera Airways” Toshkentga yangi reysni yoʻlga qoʻymoqda

© Sputnik / A. Ignatov / Fotobankka oʻtishKuwait
Kuwait - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
“Jazeera Airways” aviakompaniyasi Kuvaytdan Toshkent shahriga yangi aviaqatnovni yoʻlga qoʻydi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. "Jazeera Airways" aviakompaniyasi Kuvaytdan Toshkent shahriga yangi aviaqatnovni yoʻlga qoʻydi. Bu haqida bugun, 28 iyun kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumani doirasida maʼlum qilindi.
Turizm va sport vazirligi hamda "Jazeera Airways" aviakompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda "Jazeera Airways" ijrochi direktori Roxit Ramachandran ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xabar berilishicha, Toshkent shahriga Kuvaytdan va Kuvaytdan Toshkentga haftasiga ikki aviareys yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, Bishkek shahriga ham haftasiga ikki marta aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Reyslar A320neo samolyotida amalga oshiriladi. Bortda yoʻlovchilar premium-toifali joylardan birini (1-3 qatorlar) tanlashlari mumkin, olib oʻtiladigan yuk normasi 30 kg’ni tashkil qiladi.
Na ulitsax Tashkenta proshli sorevnovaniya po kartingu
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Video
Toshkentda poyga mashinalarining musobaqasi oʻtkazildi
Reys raqami - J9-655 - seshanba, shanba- Quvaytdan Bishkekka, joʻnab ketish vaqti 22:25, yetib ketish vaqti 05:10.
J9-656 - chorshanba yakshanba – Bishkekdan Quvaytga, joʻnab ketish vaqti 07:20, yetib ketish vaqti 08:45.
J9-649, chorshanba, yakshanba, Quvaytdan Toshkentga, joʻnab ketish vaqti 20:35, yetib ketish vaqti 01:50.
J9-650, dushanba, payshanba, Toshkentdan Quvaytga, joʻnab ketish vaqti 03:00, yetib ketish vaqti 04:55.
Yangi muntazam reyslar haqida soʻz borar ekan, "Jazeera Airways" ijrochi direktori Roxit Ramachandran shunday dedi:
“Jazeera Yaqin Sharq tomonidan yetarlicha xizmat koʻrsatilmayotgan mamlakatlar boʻylab koʻlamini kengaytirishda davom etadi va mehnat taʼtilini rejalashtirayotgan sayyohlarning yirik koʻlamiga xizmat koʻrsatadi. Butun dunyoda koronavirus inferktsiyasiga qarshi vaktsinatsiya davom etib kelayotgani bois bu yozgi mavsumda aeroportlar sayohatlar uchun xavfsiz deya eʼtirof etilayotgan ajoyib maskanlarni taklif qilib, sekin-asta oʻz chegaralarini ochmoqda. Aviakompaniya uchuvchilari va bort kuzatuvchilari toʻliq vaktsinatsiyadan oʻtishgan, shuning uchun mijozlarimiz biz bilan xavfsiz sayohat qilayotganliklariga ishonch hosil qilishlari mumkin”.
Vstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston Tojikistonning agrosanoat sohasiga investitsiya kiritishi mumkin
Joy bron qilishdan avval yoʻlovchilar mahalliy vaktsinatsiya qoidalari hamda PZR testlar legalligi bilan tanishib chiqishlari lozim, shundagina ularning toʻgʻri olib borilayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Ushbu eʼlonga muvofiq bugunga qadar Kuvaytga kirish faqatgina Kuvayt fuqaroligi boʻlgan yoʻlovchilarga va ularning birinchi darajadagi qarindoshlariga ruxsat beriladi.Chet el pasporti egalariga 2021 yilning 1 avgustidan Quvaytga kirishga ruxsat etiladi. Yoʻlovchilarni barcha mahalliy qoida va tartibga rioya qilishlarini taʼminlash uchun rasmiy hokimiyat tomonidan berilayotgan yangiliklarni oʻqish tavsiya etiladi.
COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri“Jazeera”aviakompaniyasiyoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan koʻplab boshqa choralarniamalga oshirmoqda. Kengayib borayotgan AirbusA320neoaviaparki tibbiy toifaliHEPA havo filtrlari bilan jihozlangan. Bugun uning samolyotlarida va “Jazeera”ning Quvaytdagi T5 terminalida barcha xavfsizlik va ehtiyot choralari koʻrilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala