Jamiyat

Yangi Oʻzbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq – Asadov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Prezident qarori bilan poytaxtda Yangi Oʻzbekiston universiteti tashkil etilgan. U yerda taʼlim jarayoni dunyoning eng nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Toshkent shahrida tashkil etilgan Yangi Oʻzbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Bir oy ichida Universitet ustavi tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Taʼlim jarayoni shu oʻquv yilidan boshlanadi. Bu universitetda faqat Prezident maktabi bitiruvchilari oʻqiydi, degan xulosaga oʻrin yoʻq. U barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq”, - dedi Asadov brifing davomida.
Prezident qarori bilan poytaxtda Yangi Oʻzbekiston universiteti tashkil etilgan edi. Yangi universitetda taʼlim jarayoni dunyoning eng nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Masalan, Kembrij universiteti qabul imtihonlarini oʻtkazadi. Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, ular taʼlim sifatini nazorat qilish, laboratoriya va kutubxonalarni toʻldirishga koʻmaklashadi.
Zdaniye Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2019
Jamiyat
Milliy universitet va SamDU dunyoning eng nufuzli 500ta OTMlari roʻyxatiga kiritiladi
Universitetda 5 ta – muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari boʻladi. Darslar oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi. Kredit-modul tizimi joriy etilib, oʻqish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ushbu taʼlim maskanining oʻquv binosi va kampuslari ham zamonaviy, xalqaro BREEAM sertifikatlariga mos boʻladi. Ilk oʻquv yili 2021 yil sentyabrdan boshlanadi. Yangi bino qurilguncha darslar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining boʻsh binolarida vaqtinchalik oʻtib turiladi.
Universitetni tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga olinadi hamda 5 yillik ish tajribasidan soʻng rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala