Dunyoda

Shimoliy Koreya yetakchisi juda oriqlab ketdi - video

© REUTERS / KCNAPredsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen Ыn
Predsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen Ыn - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Jahon OAVlari Shimoliy Koreya lideri Kim Chen Inning juda oriqlab ketganini muhokama qilmoqda.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Jahon OAVlari Shimoliy Koreya lideri Kim Chen Inning juda oriqlab ketganini muhokama qilmoqda.
Shimoliy Koreya instituti instituti markazi Sechjon Chon Son Chjan fikriga koʻra, KXDR davlat OAVlari tomonidan mamlakat lideri Kim Chen In sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolari haqidagi shov-shuvlarni istisno qilish, murakkab davrda xalq manfaati yoʻlida qattiq mehnat qilayotganini namoyish qilish maqsadida uning ozib ketganiga eʼtibor qaratilgan.
Biroq, Janubiy Koreyaning razvedka xizmatiga koʻra, Kim Chen Inning salomatligi yaxshi.
Janubiy Koreya "Choson Ilbo" gazetasining maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In boʻyi 170 santimetr, ogʻirligi taxminan 140 kilogramm boʻlgan, bu esa 30-40 yoshli kishilar uchun belgilangan meʼyordan ortiq hisoblanadi va baʼzi kasalliklar haqida dalolat berishi mumkin.
Yaqinda Kim Chen In yaqinlari undan ozishni va dam olishni iltimos qilishgandi. Davlat yetakchisi “fuqarolar uchun hech narsa qilmagan”ligi sababli dastlab bu iltimosni rad etadi, ammo keyinchalik bunga rozi boʻlib, bir oy davomida poytaxtdan tashqarida davolandi. Taxminlarga koʻra, Shimoliy Koreya yetakchisi 10 kilogrammdan koʻproq vazn yoʻqotdi.
Qiyin kunlar
Kim Chen Inning oʻzi bir necha bor Shimoliy Koreya ogʻir kunlarni boshidan kechirayotganini tan oldi. KXDR partiya VIII sʼyezdida mamlakatdagi vaziyatni "tarixdagi eng qiyin davr" sifatida baholadi.
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen Ыn - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2020
Dunyoda
“Barchasi boʻshatilsin”: Shimoliy Koreya yetakchisi gospital qurayotgan rahbarlarni tanqid qildi
Buyuk Britaniyaning Independent nashri ayrim tahlilchilarning fikrini keltiradi: Shimoliy Koreya oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan.
Partiyaning Markaziy qoʻmitasi plenumida, Kim Chen In toʻfonlar tufayli mamlakat qishloq xoʻjaligiga katta talofat yetkazildi, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligiga duch kelgani haqida bayonot bergandi. Koronavirus kirib kelmasligi uchun mamlakat chegaralari toʻliq yopilgan. Pandemiya sababli Xitoy va KXDR oʻrtasida savdo 80%ga kamaydi.
CNN telekanali xabariga koʻra, Pxenyanda shakar, un, yogʻ kabi baʼzi asosiy mahsulotlar narxi juda koʻtarilgan. Qora choyning kichik qadogʻi 70 dollarga yetishi mumkin, kofe - 100 dollardan oshadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala