Tojikiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

© O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiTojikiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Tojikiston  harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Ikki davlat mudofaa idoralari hamkorlik masalalarini muhokama qildi va do‘stona aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Tojikiston Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Rahmonali Safaralizoda boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga polkovnik qo‘mondon o‘rinbosari Bunyod Jo‘razoda hamda qo‘mondonning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi podpolkovnik Farrux Mirzosharifzoda hamrohlik qilgan.
© O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiTojikiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Tojikiston  harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Tojikiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Delegatsiya O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi shtab boshlig‘i polkovnik Rustam Nasritdinov, qo‘mondon o‘rinbosarlari – polkovniklar Ulug‘bek Shodibekov, Sharif Jo‘raboyev va podpolkovnik Sobir Ashurov tomonidan kutib olindi.
© O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiTojikiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Tojikiston  harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Tojikiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Tashrif jarayonida tomonlar ikki davlat hukumat vakillari hamda mudofaa vazirlari tomonidan ushbu sohaga oid imzolangan kelishuvlar ijrosini ta’minlash borasida o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv chog‘ida Farrux Mirzosharifzoda harbiy uchuvchi kadrlarni tayyorlashda O‘zbekiston mudofaa vazirligi bilan olib borilayotgan hamkorlikni alohida e’tirof etdi.
O‘z navbatida polkovnik Rustam Nasritdinov tojikistonlik mehmonlarning amaliy tashrifi, ikki qo‘shni davlat o‘rtasida har tomonlama aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi ishonchli qadam ekanligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0