Rossiya

Putin boʻlajak Rossiya prezidenti haqidagi savolga javob berdi

© POOL / Fotobankka oʻtishTranslyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm
Translyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Boris Yeltsin menga prezident lavozimiga oʻz nomzodimni qoʻyishni taklif qilganda, men “bunga hali tayyor emasman” deb javob berganman.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolar bilan toʻgʻridan - toʻgʻri muloqot chogʻida boʻlajak Rossiya prezidenti haqidagi savolga javob berdi.
- Vladimir Vladimirovich, sizga Boris Yeltsin hukumatni topshirgan edi. Hozir ham Rossiyada ana shunday boʻlishi mumkinmi? Sizning jamoangizda hukumatni shubhasiz topshirish mumkin boʻlgan odam bormi?
- Nikolay Petrovich, Boris Nikolayevich Yeltsin menga hukumatni topshirmagan. Amaldagi qonunlarga koʻra, Rossiya prezidenti oʻz vakolatini topshirsa, hukumat raisi uning oʻrniga vaqtincha prezident lavozimni bajaruvchi vazifasini egallaydi.
Oʻsha vaqtda men hukumat raisi edim. Aslida bu voqeadan oldin boshqa muhim voqealar ham sodir boʻlgan edi. Men FXX rahbari boʻlgan vaqtimda Boris Nikolayevich menga Xavfsizlik Kengashi kotibi boʻlishni taklif qilgan edi. Bu tizim siyosiy darajada kuch ishlatar tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Rossiya
Putin Rossiya va Ukraina tarixi haqida maqola yozishini maʼlum qildi
Menga prezident topshirigʻiga binoan FXX direktori tanlashim kerak edi. Lekin men ushbu lavozimni taklif qilgan kishilar undan voz kechishgan. Ushanda bu meni hayratda qoldirgan edi. Lekin bunga sabab ham bor edi – mamlakatda vaziyat juda ogʻir edi. Bunday katta javobgarlikni oʻz boʻyniga olishni koʻpchillik istamas edi.
Oʻshanda Boris Nikolayevich menga kelajakda prezident lavozimiga oʻz nomzodimni qoʻyishni taklif qilgan edi, lekin men “bunga tayyor emasman” deb javob berganman.
Shundan keyin prezident darhaqiqat oʻz lavozimini tark etdi. Men konstitutsiya boʻyicha prezident vazifasini bajaruvchi boʻldim. Lekin oxir-oqibat davlat rahbarini rossiyada faqat fuqarolar tanlaydi. Ular oʻz saylov huquqlarini toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
Mening oʻrnimga keladigan odam haqida esa, albatta almashtirib boʻlmaydigan odam yoʻq va bunday lavozim hech qachon boʻsh qolmaydi. Mening esa asosiy vazifam, oʻrnimga kelayotgan odamlarga kerakli maslahatlarni berish. Dunyoning barcha mamlakatlarida ana shunday tajriba qoʻllaniladi. Vaqti kelganda, umid qilamanki, menda ham bizning ajoyib mamlakatimizni boshqarish uchun munosib nomzodni tavsiya qilish imkoni boʻladi, - dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala