Iqtisod

Barcha tadbirkorlar 1 yanvardan onlayn yoki virtual kassalarga oʻtkaziladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishRabota kassirov-kontrolerov v podmoskovnыx elektrichkax
Rabota kassirov-kontrolerov v podmoskovnыx elektrichkax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Onlayn nazorat kassa texnikalarini xarid qilishda tadbirkorlar faqat Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikani tanlashi kerak boʻladi.
TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. 2022 yilning 1 yanvaridan barcha tadbirkorlik subʼyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga oʻtadi, deb xabar qilmoqda Davalt Soliq qoʻmitasi.
Onlayn nazorat kassa texnikalarini xarid qilishda tadbirkorlar faqat Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikani tanlashi kerak boʻladi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan onlayn NKM qurilmalar umumiy soni 15 taga yetdi, virtual kassalar roʻyxati esa - 16ta dasturiy mahsulotga yetgan.
Roʻyxatda mavjud boʻlmagan qurilmalardan Oʻzbekiston hududida foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda naqd pul bilan ishlaydigan barcha tadbirkorlar bosqichma-bosqich onlayn va virtual kassalardan foydalanishga oʻtkazilmoqda. Xususan, alkogol va tamaki mahsulotlar sotuvchilari 2020 yil 1 yanvardan boshlab, tushumi 5 milliarddan oshgan tadbirkorlar – 2020 yil 1 avgustdan, hamda tushumi 100 milliondan oshgan tadbirkorlar – 2021 yil 1 yanvardan onlayn yoki virtual kassalarga oʻtkazilgan edi.
2021 yil 29 iyun holatiga respublikada 140 mingga yaqin savdo va xizmat koʻrsatish subʼyekti 165 mingdan ziyod onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala