Jamiyat

Toshkent metropoliteniga Sharof Rashidov nomini berish taklif etildi

© Sputnik / Penson / Fotobankka oʻtishPervыy sekretar TSK KP Uzbekistana SH.R.Rashidov
Pervыy sekretar TSK KP Uzbekistana SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Bundan tashqari, matbuot-anjumani ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov qabrini obodonlashtirish va davlat arbobiga oʻz vaqtida yurtiga koʻrsatgan xizmatlari uchun oʻlimidan keyin “Oʻzbekiston qahramoni” mukofotini berish ilgari surildi.
TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Toshkentda rossiyalik tarixchi Fyodor Razzakov ishtirokida “Sharof Rashidov - davr insoni" Xalqaro, fanlararo ilmiy-amaliy konferentsiyasi yakunlariga bagʻishlangan matbuot-anjumani boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi "Sharaf Rashidov: Jizn i sudba".
Rossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi Sharaf Rashidov: Jizn i sudba. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Rossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi "Sharaf Rashidov: Jizn i sudba".
Tarixchi Razzakov matbuot-anjumani ishtirokchilariga konferentsiya yakunlari haqida soʻzlar ekan, xalqaro konferentsiya qatnashchilaridan biri Saidakbar Rizayev Toshkent metropoliteniga uning asoschisi boʻlgan davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov nomini berish taklifini ilgari surganini va ushbu taklif rezolyutsiyaga kiritilganini aytib oʻtdi.
Pisatel Fedor Razzakov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2019
Jamiyat
“Qizil oʻzbek” Sharof Rashidovning biografiyasi rossiyalik tarixchi talqinida
Shuningdek, matbuot-anjumani davomida rossiyalik tarixchi Razzakov oʻz qalamiga mansub “Sharof Rashidov: hayot va taqdir” kitobi taqdimotini oʻtkazdi.
Bundan tashqari, matbuot-anjumani ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov qabrini obodonlashtirish va davlat arbobiga oʻz vaqtida yurtiga koʻrsatgan xizmatlari uchun oʻlimidan keyin “Oʻzbekiston qahramoni” mukofotini berish ilgari surildi.
Jizzaxdagi Sharof Rashidov haykali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2017
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov oddiy xalq orasidan chiqqan, haqiqiy yurtparvar rahbar edi
Tarixchi bu takliflarga munosabat bildirar ekan, Sharof Rashidov va oilasi oʻta kamtarin insonlar boʻlishganini taʼkidlab, mukofot ham bunda muhim rol tutmasligini, eng katta mukofot aslida – xalq xotirasi va u haqdagi yuzaga chiqadigan haqiqat ekanligini qoʻshimcha qildi.
“Sharof Rashidovich haqida kitob yozayotganimda men juda koʻp maʼlumotlarni oʻzim uchun kashf qildim – u kishi juda serqirra shaxs boʻlganlar”. – dedi kitob muallifi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala