Iqtisod

Aksariyat yosh tadbirkorlar maishiy xizmatlar sohasini tanlamoqda – DSQ

© Yevgeniy BiyatovParikmaxer za rabotoy
Parikmaxer za rabotoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Oʻzini oʻzi band qilganlar orasida yoshi 30-gacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar ulushi 36 %ni tashkil qilmoqda. Ularning aksariyati maishiy, ijtimoiy va sanoat xizmatlari sohalarida faoliyat yuritmoqda.
TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Yoshlar oʻzini oʻzi band qilishni tanlamoqda, deb xabar qilmoqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati.
Xabarda aytilishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 852 372 fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, ulardan 310 148 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar, - deyilgan xabarda.
Yosh oʻgʻil-qizlar orasida eng ommabop yoʻnalishlar:
Maishiy xizmatlar (106 ming) - yaʼni sartaroshlik, kosmetologiya, kalitlar tayyorlash, poyabzal tikish, taʼmirlash va boshqalar. Ushbu sohada jami 106 482 kishi oʻzini oʻzi band qilgan;
Qishloq xoʻjaligi (71 ming) - chorva mollarini oʻtlatish, parvarish qilish, oʻsimlik ekish, tomorqa egalariga yordam berish va ho kazo. Ushbu sxizmatlar bilan 71 694 kishi band;
Sanoat xizmatlari (51 ming) - yogʻoch meʼmorchiligi, santexnika, elektr montaj, makulatura, plastik, temir-tersak toʻplashda 51 575 nafar yoshlar band;
Ijtimoiy xizmatlar (44 ming) - uyda repetitorlik qilish, enagalik, uy-xoʻjalik ishlari, tozalash ishlari, xalq tabobati sohalarida – 44 273 kishi band;
Xalq isteʼmoli mollarini uyda ishlab chiqarish (26 ming) – non yopish, pop-korn, muzqaymoq, salat va ichimliklar tayyorlash, bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish – 26 639 nafar;
AKT sohasi (9 ming) - ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy taʼminot, mobil ilovalar va veb saytlarni ishlab chiqish, matnni yaratish va ishlov berishda - 9 485 nafar yosh roʻyxatdan oʻtgan.
Hududlar kesimida oʻzini oʻzi band qilganlar orasida eng koʻp kishi Samarqand, Fargʻona va Andijon viloyatida qayd etilgan - 44, 43 va 41 ming kishi.
© Soliq qoʻmitasiOʻzini oʻzi band qilganlar
Oʻzini oʻzi band qilganlar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Oʻzini oʻzi band qilganlar
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 18 million kishidan ziyodni tashkil qiladi. Ulardan 648 ming nafari ishsiz deb roʻyxatga olingan (2021 yil aprel).
OʻZbekistonda 2020 yilning iyul oyida oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar haqida 4742-sonli prezident qarori imzolangan edi. Unga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba BHM miqdorida (245 ming soʻm) daromad soligʻi toʻlaydi. Bir yil ichida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida 850 mingdan ortiq fuqaro roʻyxatdan oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala