Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlar Moskvada koronavirusga qarshi qanday va qayerda emlanishi mumkin?

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Rossiya prezidenti topshirigʻiga binoan mehnat migrantlari COVID-19 ga qarshi emlanishi mumkin. Emlanish uchun arizani ish beruvchilar beradi. Emlashning birinchi kunida 4 mingga yaqin xorijliklar koviddan himoyalandi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Ikkita tibbiyot punktiga tashkillashtirilgan holda olib kelish, qogʻozbozlikning deyarli umuman yoʻqligi, asosiysi – bepul. Rossiya poytaxtida mehnat migrantlarini emlash ishlari qanday boshlangani – Sputnik reportajida.
Moskvada 29 iyun kuni xorijlik ishchilarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Bir necha kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu jarayonni boshlash vazifasini topshirgan edi.
Moskvadagi koronavirusga qarshi kurashish choralari chet el fuqarolarini emlash jarayonini boshlash uchun sabab boʻldi. 18 iyundan poytaxt hukumati savdo-sotiq, xizmat va umumiy ovqatlanish sohalaridagi kompaniyalarni kamida 60 foiz xodimlarini emlashni majburiy qilib belgiladi. Moskvada migrantlar uchun maxsus ikkita emlash punktlari ish boshladi – Saxarovo qishlogʻidagi migratsiya markazida va “Sadovod” savdo markazi hududida.
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Migratsiya
Moskvada migrantlarni emlash punkti ochildi
Bu joylar har kuni ertalab soat 8:00 dan kechqurun soat 20:00 gacha ishlaydi. Shahardagi 175-sonli poliklinika bosh shifokori Andrey Fedorukning Sputnik agentligiga maʼlum qilishicha, xorijliklar pulli emlanmoqda, lekin migrantlarning oʻzi pul sarflamaydi.
“Emlanish narxi – 1300 rubl, bu yangi bir komponentli “Sputnik Layt” vaktsinasi, - dedi u. – Kompaniyalar migrant xodimlarini emlash uchun shahar maʼmuriyatiga xodimlarning maʼlumotlari toʻldirilgan roʻyxatni taqdim etishadi, biz shartnoma imzolaymiz, emlashning sanasi va vaqtini kelishib olamiz. Keyin migrantlar tashkillashtirilgan holda keltiriladi”.
Moskva kompaniyalari chet ellik xodimlarini “Sadovod” savdo markaziga avtobuslarda olib kelishmoqda. U yerdagi emlash punktida hamshiralar va politsiya navbatchilik qiladi. Chodirli emlash punktiga kirayotgan kishiri harorati oʻlchanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari niqob taqish va masofa saqlashga rioya qilinayotgani nazorat qiladi.
Kuniga ikkita emlash punktida taxminan 4 ming xorijlik emlanmoqda, ular orasida koronavirusni boshdan kechirganlar ham bor.
Tibbiyot xodimi Faridun Yakubov kelganlarga emlanish maʼnosini tushuntiradi – yangi hindcha shtammga qarshi emlanmoqda darkor. “Sputnik Layt” unga qarshi tura oladi. Rus tilini uncha yaxshi bilmaydigan ayrim migrantlarga Faridun ona tili tojik tilida tushuntiradi.
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Rossiya
Moskvadagi “Sadovod” savdo markazida kuniga oʻrtacha ikki mingdan ziyod migrant emlanmoqda
“Men Bryansk viloyatida tibbiyot kollejida oʻqidim”, - deydi u. – 2017 yili uni tamomlagandan soʻng Moskvaga koʻchib kelib, ishlay boshladim. Pandemiya boshlanganda avval boshdan kovid brigadasida edim, endi esa bu yerda ishlayapman”.
Hozirda pilot tarzida ketayotgan mehnat migrantlarini emlash jarayonini tezlashtirish uchun Moskva hukumati emlanish uchun kerak boʻladigan hujjatlar roʻyxatini qisqartirdi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo mamlakat fuqarolaridan pasport maʼlumotlari talab qilinadi, xolos. Qolgan migrantlar yana patent, Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi maʼlumotlarini ilova qilishlari kerak.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishLyudi vozle punkta vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston
1/5
Lyudi vozle punkta vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik vo vremya vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston
2/5
Meditsinskiy rabotnik vo vremya vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishRossiyskaya vaktsina "Sputnik Layt", primenyayemaya dlya vaktsinatsii na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston
3/5
Rossiyskaya vaktsina "Sputnik Layt", primenyayemaya dlya vaktsinatsii na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston
4/5
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston
5/5
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
1/5
Lyudi vozle punkta vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
2/5
Meditsinskiy rabotnik vo vremya vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
3/5
Rossiyskaya vaktsina "Sputnik Layt", primenyayemaya dlya vaktsinatsii na territorii TTS "Sadovod" v Moskve.
4/5
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
5/5
Vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TTS "Sadovod"
Oʻzbekistonlik Nazira Toshboltayeva hujjatlarni toʻplash va vaktsina olish oson ekanini aytadi. “Oʻzimni yaxshi qilyapman”, - deydi u.
Oʻzbekistonlik oshpaz Husanboy Erkaboyev ham emlanish jarayonidan mamnun.
“Hammaga emlanishni tavsiya qilaman. Kerak, kovid hozirgacha aylanib yuribdi, - deydi u. – Bu yerda hammasi tez boʻlib oʻtdi, asosiysi, xayrixohlik bilan. Seni kulib qarshi olishlari muhim”.
Bunga javob hamshira Yekaterina Borisova mulohaza bildiradi: “Qanday qarshi olmaslik mumkin? Ular oʻzga yurtda, biz ularga hammasini tushuntiramiz. Aytgancha, ular bilan ishlash oson, har birini besh daqiqada emlayapmiz”.
Emlash punktidan chiqishda migrantlarni hamshira Olga kutib turadi. U emlanish toʻgʻrisidagi barcha savollarga javob beradi va har bir kishiga yaxshi kun tilaydi.
“Tibbiyot sohasida ishlab turib, umuman odamlarga yaxshi munosabatda boʻlasan, lekin biz xorijliklar bilan ishlashni boshladik va ularga yanada alohida eʼtibor qaratishga intilyapmiz, - deydi Olga. Koʻproq odamlar emlanishi va kovid bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishini istaymiz”.
Kuryerы slujb dostavki Delivery Club i Yandeks Yeda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Migratsiya
Delivery Club migrant-kuryerlari kovidga qarshi emlanadi
Avvalroq Rossiya SSV jamoaviy immunitet shakllanishi uchun kuzga qadar aholining kamida 60 foizini koronavirusga qarshi emlash vazifasini qoʻygan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala