Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

"Tolibon" Ahmad Shox Masʼud uyini egallab oldi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Garchi ushbu gʻalaba - harbiy jihatdan unchalik salmoqli boʻlmasada, ammo imidj jihatdan oʻta ulkandir, deb yozadi nashr.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Toliblar otryadi shimoliy Tohar provintsiyasida Farhor tumanida Ahmad Shoh Masʼudga tegishli "Chamani Xustdex" tarixiy qarorgohini egallab oldi.
Tarixiy binoni egallab olgach, toliblar namoyishkorona unda majlis oʻtkazdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijneye zarubejye.
Garchi ushbu gʻalaba - harbiy jihatdan unchalik salmoqli boʻlmasada, ammo imidj jihatdan oʻta ulkandir, deb yozadi nashr.
Afgʻonistonning milliy qahramoni Ahmad Shoh Masʼud kelib chiqishi tojik boʻlgan va umrining soʻnggi yillarida toliblarga, "Al-Qoida" emissarlariga va boshqa terroristik uyushmalarga qarshilik koʻrsatish yetakchisi boʻlgan va aynan ular qoʻlida vafot etgan.
"Chamani Xustdex" qarorgohi Ahmad Shoh Masʼud oʻz shtab-kvartirasi sifatida foydalangan tayanch nuqtalaridan biri boʻlgan.
Qarorgohdan ayni vaqtda muzey sifatida foydalanib kelingan: unda koʻplab artefaktlar va esdalik narsalar saqlangan. Agar toliblar binoni talon-taroj qilish yoki yoʻq qilish qarorini qabul qilsa, Afgʻoniston nafaqat obroʻ jihatdan, balki madaniy jihatdan katta yoʻqotishga yuz tutadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala