Iqtisod

TMZ Ukrainaning "Antonov" zavodiga aviadetallar yetkazib beradi

© TMZVstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bыchkovыm
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii Welfare Investment Alliance Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP Antonov Sergeyem Bыchkovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Ukrainaning "Antonov" davlat korxonasi Toshkent mexanika zavodida aviatsiya detallari uchun buyurtma joylashtirish imkoniyatini oʻrganmoqda.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Toshkent mexanika zavodi (TMZ) Ukrainaning "Antonov" davlat korxonasi bilansamolyotlar uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish borasida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda TMZ.
Zavod bosh direktori Zafar Isoqov va "Antonov" korxonasi bosh direktori Aleksandr Dveyrin hamda Welfare Investment Alliance bilan birgalikda Toshkentda aviatsiya sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qlishdi.
“Oldin ishlab chiqilgan mahsulotlarni eksport qilish, TMZ va “Antonov” orasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish asosida zamonaviy samolyotlar uchun detallar va ehtiyot qismlari ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar TMZning texnik potentsiali va “Antonov” DK buyurtmasiga asosan samolyot detallari ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida yoʻl xaritasini muvofiqlashtirish hamda mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzishga kelishib olishdi.
© TMZVstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bыchkovыm
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii Welfare Investment Alliance Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP Antonov Sergeyem Bыchkovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bыchkovыm
Oʻzbekistonda aviatsiya sanoati bir vaqtlar 45 ming kishi ishlagan TAPOiCH zavodiga asoslangan edi. Korxona 1941 yilda Moskva viloyatidan evakuatsiya qilingan aviazavod asosida paydo boʻlgan edi. TAPOiChda Il-76 transport samolyotlari hamda yaqin masofaga uchuvchi Il-114 yoʻlovchi samolyotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi. Undan tashqari An-70 samolyotlari uchun qanotlar ishlab chiqarilar edi.
Na territorii Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2020
Jamiyat
Men aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilaman – Mirziyoyev  
2014 yilning yanvar oyida aviatsiya zavodi “Toshkent Mexanika zavodi” AJ sifatida qayta tashkil qilingan edi. Korxonada Il-114 va Il-76 samolyotlari uchun detallar ishlab chiqarishni qisman saqlab qolish rejalashtirilgan edi.
Ayni damda TMZ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga kiritilgan boʻlib, u yerda asosan qurilish konstruktsiyalari, maishiy mahsulotlar, avtomobillar, temiryoʻl va qishloq xoʻjalik texnikasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.
2020 yilning dekabr oyda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Oʻzbekiston oʻz “qoʻlib bilan yopgan” aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilishini aytib oʻtgan edi.
© TMZVstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bыchkovыm
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii Welfare Investment Alliance Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP Antonov Sergeyem Bыchkovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bыchkovыm
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala