Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt toʻlovida chegirma beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
2021/2022 oʻquv yili uchun bazaviy toʻlov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi. Emlangan talabalarga kontrakt toʻlovida chegirma beriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 18 yoshdan katta boʻlgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini oʻzlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi.
Shprits, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Jamiyat
Toshkent shahrida qoʻshimcha emlash punktlari tashkil etildi – roʻyxat
Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta boʻlgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan koronavirus infektsiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.
Bundan tashqari, koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan toʻlov kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, 2021/2022 oʻquv yili uchun bazaviy toʻlov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala