Jamiyat

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat boʻlmaganda koʻchaga chiqmaslikni soʻramoqda

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishJara
Jara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Iyul oyining birinchi yarmida mamlakatda ob-havo harorati keskin koʻtarilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Oʻzgidromet markazi maʼlumotiga koʻra, iyul oyining birinchi yarmida mamlakatda ob-havo harorati keskin koʻtarilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi fuqarolarga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi boʻlgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar oʻzlarini himoyalashlari nihoyatda muhimdir.
“Bunday sharoitda aholimizdan zarurat boʻlmaganda koʻchaga chiqmasliklarini, uydan tashqarida boʻlganda soyada yurishlarini, koʻproq suyuqlik isteʼmol qilishlarini soʻrab qolamiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 6-8 iyul kunlari Oʻzbekistonda 46 darajali jazirama kuzatilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala