Dunyoda

Tojikistonda koronavirusga qarshi emlanish majburiy boʻldi

© Sputnik / Amir IsayevJiteli goroda Dushanbe v zaщitnыx maskax na ulitse
Jiteli goroda Dushanbe v zaщitnыx maskax na ulitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Qayd etilishicha, mamlakatda kasallikka qarshi emlash bepul amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Tojikistonda 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilandi. Yangi COVID-19 infektsiyasining tarqalishining oldini olish boʻyicha respublika shtabi tegishli qarorni qabul qildi, deya yozadi Sputnik Tojikiston.
“Infektsiyaga qarshi emlanmagan fuqarolar oilaviy shifokor, shifoxona yoki poliklinikaga murojaat qilishi kerak”, - deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Qayd etilishicha, mamlakatda kasallikka qarshi emlash bepul amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Tojikistonga kiruvchilarga koronavirusga test topshirish va uning natijasidan qatʼi nazar 10 kun davomida oʻzini yakkalash tavsiya qilingan.
Narodnыy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Jamiyat
Ozodbek Nazarbekov jonli efirda uzatilayotgan koʻrsatuvda emlandi
Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda koronavirusning ikkinchi toʻlqini 2021 yil 21 iyun kuni eʼlon qilingan. Joriy yil yanvarida mamlakat kasallik ustidan batamom gʻalaba qozonganini eʼlon qilgan edi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, u yerda koronavirus yuqtirib olganlar soni 13 569 nafarga yetgan. Virus 92 kishining umiriga zomin boʻlgan.
Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida aholini kovidga qarshi majburiy emlash toʻgʻrisida qaror qilgan ikkinchi mamlakat boʻldi. Bunga qadar Qozogʻistonda ayrim soha vakillari uchun emlanish majburiy etib belgilangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala