Jamiyat

Oʻzbekiston insonparvarlik tajribasi BMTda namunali deb qayd etildi

© MID UzbekistanaVlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov
Vlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Oʻzbekistonning Suriyadan vatandoshlarni olib kelish va ularni jamiyatga qayta moslashtirish tajribasi BMTda "ibrat olishga arziydigan" deb tan olindi.
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonning Suriyadan vatandoshlarni qaytarish hamda ularni jamiyatga qayta integratsiya qilish tajribasi BMT vakillari tomonidan maʼqullandi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Kecha 5 iyul kuni tashkil etilgan “Suriya va Iroqdan olib kelingan ayollar va bolalarning reabilitatsiyasi hamda reintegratsiyasi” onlayn-tadbirda Oʻzbekiston va BMTning Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalari boʻyicha BMT maxsus maʼruzachisi professor Fionnuala Ni Aoleyn nutq soʻzlashdi.
Professor Ni Aoleyn, Oʻzbekistonning ayollar va bolalarni vatanga qaytarish hamda tinch hayotga moslashtirish borasidagi saʼy-harakatlari koʻplab mamlakatlar uchun namuna boʻlib xizmat qilishi, qolaversa, inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi ibratli amaliyot sifatida qabul qilinishi mumkinligini eʼtirof etdi.
BMT vakilining soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda Suriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan “Al-Hol” va “Roj” lagerlarida qariyb 70 ming inson – 57 davlat fuqarolari hisoblanuvchi asosan ayollar va bolalar ogʻir ahvolda saqlanmoqda. Faqat ayrim davlatlargina ana shu ayollar va bolalarni vatanga qaytarish hamda tinch hayotga moslashtirish toʻgʻrisidagi oʻzlarining xalqaro majburiyatlarini bajarmoqda, xolos.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2019 yildan buyon 530 nafar Suriyada qochqinlar lagerlarila saqlanayotgan fuqarolarni oʻz vataniga qaytarishga muvaffaq boʻldi. Ularning aksariyati ayollar va bolalar edi.
Hozirgi kunda“Qaynoq nuqta”lardan olib chiqilgan ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish, ularni jamiyatga qayta moslashtirish, hujjatlarini tiklash, ishga joylashtirish, boshpana bilan taʼminlash, bolalarni maktab va maktabgacha taʼlim muassasalariga joylash, yetim bolalar uchun vasiy hamda homiylar belgilash yoki ularni davlatga qarashli ijtimoiy muassasalarga joylashtirish, ularning sogʻligi va ruhiy holatini monitoring qilib turish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala