Iqtisod

Toshkent traktor zavodi Chirchiqqa koʻchiriladi - prezident

© SputnikVыstavka "Agromash-2019" v "Uzekspotsentre"
Vыstavka Agromash-2019 v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xoʻjalik texnikasi zavodlari negizida Chirchiq shahrida yagona maydonda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasteri tashkil etiladi.
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Toshkentdagi qishloq xoʻjalik texnikasi zavodi, Agregat zavodi yaqin vaqt ichida Chirchiq shahriga koʻchiriladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan majlisda maʼlum boʻldi.
“Rejaga koʻra, Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodlari, Agregat zavodi, “Texnolog” va “OʻzKlaas Agro” korxonalari sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. 1 ming 200 ta uskuna va jihoz, 28 turdagi texnika optimallashtirilib, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 85 foizga, mahalliylashtirish 50 foizga yetkaziladi”, - deyilgan xabarda.
Koʻchirilayotgan korxonalar negizida Chirchiqda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasteri tashkil etiladi. Buning natijasida ishlab chiqarish tannarxi 20 %ga pasayib, korxonalarning rentabellik darajasi 10 %ga oshishi kutilmoqda.
Undan tashqari, Oʻzbekiston Moliya vazirligiga klasterni tashkil etish bilan bogʻliq dastlabki xarajatlar uchun 500 milliard soʻm ajratish vazifasi qoʻyildi. Bu mablagʻ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auktsion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.
Vыstavka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2017
Iqtisod
Qishloq xoʻjalik texnikasiga xizmat koʻrsatish tizimi qayta tashkil qilinadi
Yangi korxonaga ishlab chiqarilayotgan texnika narxini arzonlashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish vazifasi yuklatildi. Xususan, Minsk traktor zavodi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladigan traktorlarni mahalliylashtirish darajasini kelgusi yil 40 va 2023 yilda 50 foizga, “OʻzKlaas Agro” boʻyicha bu koʻrsatkichni 25 foizgacha yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Shu bilan birga fermerlarga mahalliy texnikani sotib olishga imkon yaratish uchun lizingning boshlangʻich toʻlovini 25%dan 15 %gaga hamda foiz stavkasini 16 %dan 7 %ga tushirish taklifi bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala