Rossiya

Nature jurnalida “Sputnik V”ning samaradorligi haqida maqola paydo boʻldi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы Sputnik V
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Rossiya vaktsinasini dunyoning oʻnlab mamlakatlarida qoʻllashga ruxsat berilgan boʻlsada, Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan haligacha maʼqullanmagan - OAV.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. "Sputnik V" Rossiya vaktsinasi dunyoning 70 mamlakatida qoʻllashga ruxsat berilgan, deb yozmoqda Nature jurnali.
Maqola muallifi "Sputnik V" COVID-19ga qarshi yaratilgan dunyoda birinchi vaktsina boʻlganini va oʻnlab davlatlarda maʼqullanganini, lekin global ravishda tarqatish uchun JSST tomonidan tan olinmaganini qayd etgan. Rossiya vaktsinasi eʼlon qilinganda aksariyat ekspertlar uni sinovlar toʻliq yakunlanmasdan turib roʻyxatdan oʻtkazishda ayblashgan edi.
Tibbiy sohada nufuzli The Lancet jurnalida eʼlon qilingan maqoladan soʻng "Sputnik V"ga dunyoda qiziqish orta boshlagan edi. Boshida samaradorligi 91,6 % deb eʼlon qilingan Rossiya vaktsinaning samaradorligi bir necha million kishi emlanganidan soʻng 97,6 % ekani tasdiqlangan edi.
Ayrim davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan bildirilayotgan tanqidlarga qaramasdan "Sputnik V" Janubiy Koreya, Argentina, Vengriya, Hindiston, BAA va boshqa qator davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Nature jurnalidagi maqolada qayd etilishiga koʻra, "Sputnik V"da bir emas ikkita adenovirus bor va u vaktsinaning himoya xususiyatini mustahkamlaydi. Undan tashqari AstraZeneca va Johnson & Johnson preparatlariga nisbatan Rossiya vaktsinasi emlanganlarda qon quyulishi yoki boshqa salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Xususan, koʻplab odamlar emlangan Argentina yoki San-Marinoda bunday holat kuzatilmagan.
Bugungi kunda "Sputnik V"ning ikkala komponenti bilan emlanganlar soni 20 milliondan oshib ketgan. Vaktsina xavfsizligi va samaradorligini kuzatish davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala