O‘zbekistonda poraxo‘rlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilganlar qator huquqlardan mahrum bo‘ladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga oid farmonda belgilangan.
Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko‘rsatilishi;
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zoligiga kiritilishi;
ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish taklif qilinayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0