Jamiyat

Oʻzbekistonda Rossiyada boʻlgani kabi COVID-19ga qarshi majburiy emlash joriy etilishi mumkin

Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov COVID-19 ga qarshi majburiy emlash gʻoyasini maʼqullashini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi majburiy emlash gʻoyasini toʻgʻri deb hisoblaydi. Bu haqda u AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.
“Mening fikrimcha, majburiy emlash — toʻgʻri gʻoya. Chunki biz oʻzimizni emlash orqali himoya qilamiz. Emlanish orqali biz nafaqat oʻzimizni, balki atrofimizni ham kasallikdan himoya qilamiz. Ehtimol, Rossiyaning tajribasini qoʻllash kerak, u yerda emlanmaganlarga ish joyiga borishga ruxsat berilmaydi”, - deydi u.
Otabekovning soʻzlariga koʻra, mamlakatda 3000 dan ortiq emlash markazlari va 800 ta mobil guruhlar tashkil etilgan, ammo emlash darajasi pastligicha qolmoqda.
“Afsuski, biz kuniga 130−140 ming kishini emlayapmiz. Hozirga qadar Oʻzbekistonda 4,2 mln dozadan ortiq vaktsinalar ishlatilgan. Deyarli 700 ming kishi butun emlash kursini toʻliq yakunladi. Bu juda kichik koʻrsatkich”, — deya qoʻshimcha qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi.
Soʻrov
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanish majburiy boʻlishi mumkinligiga munosabatingiz?
Eslatib oʻtamiz, mamlakatda 1 apreldan aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infektsiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan tibbiyot xodimlari emlandi. Kuni kecha emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi. Emlangan talabalarga kontrakt toʻlovida chegirma beriladi.
Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida, jumladan, Rossiyaning bir qator hududlarida ayrim soha xodimlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilgan. Qolaversa, Oʻzbekistonga qoʻshni davlat Qozogʻiston va Tojikistonda ham aholini majburiy emlash belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala