Siyosat

Maktabgacha taʼlim vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Nodir Muslitdinov maktabgacha taʼlim vazirining yangi oʻrinbosari boʻldi. Bungacha u Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.
TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Nodir Muslitdinov maktabgacha taʼlim vazirining yangi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Nodir Muslitdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Nodir Muslitdinov
Shodiyor Mamatkulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Nodir Muslitdinov bungacha u Moliya vazirligining Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida byudjet siyosati departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Nodir Muslimdinov 1977 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1999 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologik institutini tamomlagan
2001 yildan Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlay boshlagan. 2014-2016 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Madaniyat va sportni moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi, 2016-2017 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi muovini, 2017-2019 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2019-2020 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi kabi turli rahbar lavozimlarda ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala