Hodisalar

Qamchiqda paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga ulgurgan, shu sababli jiddiy jarohat olmagan.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Qamchiq dovonida 8 iyun kuni paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Hodisa bugun, 8 iyun kuni Toshkent—Oʻsh xalqaro avtomobil yoʻlining 242-kilometrida yuz bergan. "Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan.
Mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga ulgurgan, shu sababli jiddiy jarohat olmagan.
Pyat chelovek postradali pri stolknovenii GAZ-5327 s avtomobilyami Matiz i Spark v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Hodisalar
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi
FVVning "Qamchiq" maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yongʻinni bartaraf etishgan. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida mashinaga ortilgan yuklarning katta qismi yongʻindan saqlanib qolingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yoʻq.
YHXBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala