Migratsiya

Rossiya minglab oʻzbekistonlik quruvchilarni Sibirda temir yoʻl qurilishiga jalb etadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishUkladka jeleznodorojnogo polotna
Ukladka jeleznodorojnogo polotna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Xusnulin aytishiga koʻra, ayni damda BAM va Transsib loyihalariga 11 ming kishi jalb etilgan. Maqsad – yil oxiriga qadar 20 ming kishini jalb qilish.
TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Rossiya hukumati Sibir oʻlkasidagi “Sharqiy poligon” temir yoʻllari qurilishiga MDH davlatlaridan quruvchilarni jalb qilishni rejalashtirgan. Bu haqida bosh vazir oʻrinbosari Marat Xusnulin xabar qildi.
Chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin huzurida boʻlib oʻtgan majlisda Xusnulin Kuzbass hududini rivojlantirish rejasini taqdim etdi. Unda, jumladan “Sharqiy poligon” hududiga kiruvchi BAM va Transsib temir yoʻllarining oʻtkazish qobiliyatini oshirish ham maqsad qilingan. Ushbu keng koʻlamli loyihani muddatidan oldin bajarish uchun Rossiyada ishchi kuchi yetishmaslik muammosi bor.
“Hozir biz Belarus, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan ishchi kuchi va mutaxassislarni tezkor jalb qilish ustida shlayapmiz. Buning uchun Tatyana Golikovaga ariza berdik”, - dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Xusnulin aytishiga koʻra, ayni damda loyihaga 11 ming kishi jalb etilgan. Maqsad – yil oxiriga qadar 20 ming kishini jalb qilish. Ushbu munosabat bilan hukumat MDH davlatlaridan mutaxassislarni jalb qilish ustida ishlamoqda.
Sharqiy poligon – Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq oʻlkasida joylashgan ikkita yirik temir yoʻl magistralini oʻz ichiga oladi. Ulardan biri “Transsib” magistrali boʻlib uning uzunligi 3710 km, BAM (Baykal-Amur magistrali) – uzunligi 4355 kmni tashkil qiladi. Ushbu ikkala temir yoʻl Rossiya markaziy hududini Tinch okeani bilan bogʻlovchi yagona imkoniyat hisoblanadi. Bugungi kunda temir yoʻllar maksimal yuklama bilan ishlamoqda. “Sharqiy poligon”ning oʻtkazish imkoniyatlarini kengaytirish - Rossiya hukumati tomonidan milliy strategik loyihalardan biri sifatida belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala