Jamiyat

Koronavirus: kunlik holatlar - 482, pnevmoniya - 221, 4 bemor vafot etdi

© SS0 / Unsplash / Prasesh Shiwakoti (Lomash)PTSR-test na COVID-19, illyustrativnoye foto
PTSR-test na COVID-19, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 482 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 115 011 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 482 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 115 011nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (28), Andijon viloyatida (18), Buxoro viloyatida (13), Jizzax viloyatida (41), Qashqadaryo viloyatida (19), Navoiy viloyatida (12), Namangan viloyatida (23), Samarqand viloyatida (33), Sirdaryo viloyatida (19), Surxondaryo viloyatida (26), Fargʻona viloyatida (32), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (49), Toshkent shahrida (147) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaktsinatsiya ot COVID-19 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Rossiya
Rossiya OTMlariga xorijlik talabalarni emlash bilan shugʻullanish tavsiya qilindi
Kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 110 377 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Oʻlim holatlari

4 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 764 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 185,5 milliondan oshdi, 4,0 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,7 mln), Hindistonda (30,7 mln), Braziliyada (18,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala