Migratsiya

Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin

© Sputnik / Aleksey KudenkoVid na jitelstvo inostrannogo grajdanina v otdelenii po voprosam grajdanstva RF, razresheniy na vremennoye projivaniye i vida na jitelstvo otdela UFMS Rossii po gorodu Moskve v YUAO
Vid na jitelstvo inostrannogo grajdanina v otdelenii po voprosam grajdanstva RF, razresheniy na vremennoye projivaniye i vida na jitelstvo otdela UFMS Rossii po gorodu Moskve v YUAO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Rossiya Ichki ishlar vazirligi vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qonun loyihasini ishlab chiqdi.
TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Rossiya IIV chet elliklarning mamlakatga kirish va qolish qoidalariga oʻzgartirishlar tayyorladi, xususan, mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani (RVP) bekor qilishni taklif qildi. Qonun loyihasi normativ huquqiy aktlar loyihalari federal portalida eʼlon qilingan.
Shunday qilib, idora mamlakatda boʻlishning uchta migratsiya rejimini oʻrnatishni taklif qilmoqda: qisqa muddatli (yil davomida jami 90 kundan oshmaydigan), uzoq muddatli (doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan yil davomida 90 kundan oshadigan) va doimiy yashash (muddatsiz).
Shu bilan birga qoʻlida ruxsatnoma boʻlgan chet el fuqarolariga Rossiya chegarasidan chiqmay turib yashash maqsadini oʻzgartirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasida noinsof taklif etuvchi (jismoniy va yuridik) shaxslar reyestrini kiritish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, idora mehnat migratsiyasini ikkita axborot resursidan foydalangan holda tartibga solishni taklif qilmoqda: xorijiy ishchilar reyestri va ish beruvchilarning elektron reyestri.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala