Sport

Konor texnik nokaut bilan Poryega yengildi

© REUTERS / STEVE MARCUSBoy Dastina Porye i Konora Makgregora
Boy Dastina Porye i Konora Makgregora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Besh raundga moʻljallangan jang birinchi raundda toʻxtatildi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongida UFC 264 musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning asosiy jangi irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porye oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Besh raundga moʻljallangan jang birinchi raundda toʻxtatildi. Chunki Makgregorning oyogʻi sinib, jangni davom ettira olmadi. Gʻalaba Porye hisobiga yozildi.
Bu raqiblarning uchinchi jangi edi. Birinchisi 2014 yilda Konor Makgregor gʻalabasi bilan yakunlangandi. 2021 yil yanvarida Porye nokuat bilan oʻz qasosini olgandi. Uchinchi jangda ham amerikalik texnik gʻalaba bilan ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala