Jamiyat

“Namangan New City” qurilishi boshlandi

© Press-slujba xokimiyata Namanganskoy oblastiStartovalo stroitelstvo Namangan New City.
Startovalo stroitelstvo Namangan New City. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
558 gektarlik maydonda 250 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 30 dan ortiq savdo majmualari va boshqa ijtimoiy soha obʼyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. “Namangan New City” qurilishi boshlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatobod va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari chegarasida joylashgan teng yarmi yashil hudud boʻlishi koʻzda tutilgan 558 gektarlik maydonda 250 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 30 dan ortiq savdo majmualari, shuningdek, maktab, oliy taʼlim muassasalari, shifoxona va boshqa ijtimoiy soha obʼyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihani toʻliq ishga tushirish orqali butun dunyo standartlariga javob beruvchi “Smart city”, yaʼni aqlli shaharcha barpo etiladi.
© Press-slujba xokimiyata Namanganskoy oblastiStartovalo stroitelstvo Namangan New City.
Startovalo stroitelstvo Namangan New City. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Startovalo stroitelstvo Namangan New City.
Ushbu marosim bilan birgalikda “Namangan Hua Cheng Estate Development” kompaniyasiga “Namangan New City” hududidan ajratilgan 16 gektar yer maydonida bunyod etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obʼyektlariga tamal toshi qoʻyildi.
Ushbu loyihaning qiymati 120 mln dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida jami 56 ta turar-joy binolari, 3100 ta xonadonlar, shuningdek, maktab, bolalar bogʻchasi va shifoxona bunyod etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala