“Namangan New City” qurilishi boshlandi

© Press-slujba xokimiyata Namanganskoy oblastiStartovalo stroitelstvo Namangan New City.
Startovalo stroitelstvo Namangan New City. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
558 gektarlik maydonda 250 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 30 dan ortiq savdo majmualari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “Namangan New City” qurilishi boshlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari chegarasida joylashgan teng yarmi yashil hudud bo‘lishi ko‘zda tutilgan 558 gektarlik maydonda 250 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 30 dan ortiq savdo majmualari, shuningdek, maktab, oliy ta’lim muassasalari, shifoxona va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihani to‘liq ishga tushirish orqali butun dunyo standartlariga javob beruvchi “Smart city”, ya’ni aqlli shaharcha barpo etiladi.
© Press-slujba xokimiyata Namanganskoy oblastiStartovalo stroitelstvo Namangan New City.
Startovalo stroitelstvo Namangan New City. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Startovalo stroitelstvo Namangan New City.
Ushbu marosim bilan birgalikda “Namangan Hua Cheng Estate Development” kompaniyasiga “Namangan New City” hududidan ajratilgan 16 gektar yer maydonida bunyod etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlariga tamal toshi qo‘yildi.
Ushbu loyihaning qiymati 120 mln dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida jami 56 ta turar-joy binolari, 3100 ta xonadonlar, shuningdek, maktab, bolalar bog‘chasi va shifoxona bunyod etiladi.
Yangiliklar lentasi
0