Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi ommaviy janjalning oldi olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
Mirobod tumanida tunda "razborka" uchun to‘plangan o‘nlab maktab o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida tunda to‘plangan 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, 10-iyul kuni taxminan soat 20:30 larda navbatchilik qismiga tumandagi Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘planganligi hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilayotgani, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan.
Draka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Nukusda o‘tkazilgan festivaldan keyin ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi
Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘nlab voyaga yetmaganlar — 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bahslashayotganini aniqlagan. Voqea sabablarini o‘rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMBga olib kelingan.
Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma’lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganligi sabab bo‘lgan.
IIBB xodimlari voyaga yetmaganlar bilan ro‘y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berishgan va ularning ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazishgan..
Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0