Iqtisod

Afgʻoniston Oʻzbekistonning Janubiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy hamkori - CERR

© SputnikFlag Afganistana
Flag Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdosi hajmi 1,38 mlrd. dollarni tashkil qildi, undan 56% - Afgʻonistonga, 32 % Hindistonga toʻgʻri kelmoqda.
TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Soʻnggi 4 yil ichida Oʻzbekiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmi 35 %ga oshdi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy Tadqiqotlar markazi - CERR xabar qilmoqda.
Aytish joizki Janubiy Osiyo mamlakatlari Oʻzbekiston uchun muhim xorijiy savdo hamkorlaridir. Oʻzbekistonning ushbu hudud bilan savdo aloqalari hajmi 1,386 mln dolarni tashkil qilgan boʻlib, undan 919 mln dollari Oʻzbekiston eksportiga toʻgʻri kelmoqda.
Eksport qilingan asosiy mahsulotlar va xizmatlar qora metalldan ishlangan buyumlar, dukkakli oziq-ovqat mahsulotlari, elektroenergiya va transport xizmatlariga toʻgʻri kelgan.

Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkori - shubhasiz Afgʻonistondir. 2020 yilda ushbu mamlakatga Oʻzbekiston 777 mln dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilgan. Afgʻonistondan import hajmi 2 mln AQSH dollarni tashkil qilgan.

Ikkinchi oʻrinda – Hindiston boʻlib, ushbu davlat bilan savdo aloqalar hajmi 450 million dollarga yaqinlashgan. Undan import miqdori 423 mln., va eksport 21 mln. dollarni tashkil qilgan.
Pokiston bilan oʻzaro savdo aloqalar hajmi 124 mln. dollarni tashkil qilib, undan import miqdori 25 mln va eksport 99 mln. dollarni tashkil qilgan.
Bangladesh bilan oʻzaro savdo aloqalar hajmi 37 mln. dollarni tashkil qilib, undan import miqdori 15 mln va eksport 22 mln. dollarni tashkil qilgan.
© CERRVzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran YUA
Vzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran YUA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Vzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran YUA
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyalar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Anjumanda Oʻzbekiston, Afgʻoniston prezidentlari, Pokiston bosh vaziri, Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy, Rossiya tashqi ishlar vazirlari, AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili – jami 600ga yaqin ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu yuqori darajali anjuman Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, ishonch va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, anjumanda savdo, transport, madaniy-gumanitar aloqalarni tiklash hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala