Jamiyat

Qator soha vakillarini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlanishni tavsiya qilmoqchimiz – Ismoilov

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Quyi palata yalpi majlisida emlash jarayonlari sust olib borilayotgan sohalarni tanqid ostiga olinadi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. 15 iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi. Bu haqda quyi palata spikeri Nurdinjon Ismoilov maʼlum qildi.
Yalpi majlisda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning axboroti eshitiladi.
Shprits, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Jamiyat
Toshkent shahrida qoʻshimcha emlash punktlari tashkil etildi – roʻyxat
Qayd etilishicha, majlisda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlik rahbarlariga deputatlarning jiddiy eʼtirozi va koʻplab savollari boʻladi. Emlash jarayonlari sust olib borilayotgan sohalarni tanqid ostiga olinadi.
“Biz, Qonunchilik palatasi qarorida Hukumatga, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarga, ayniqsa, koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Respublika komissiyasiga bir qator tavsiyalarni beramiz. Jumladan, aholining bir qator qatlamlariga koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy emlash oʻtkazish lozimligini tavsiya qilmoqchimiz”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi majburiy emlash gʻoyasini toʻgʻri deb hisoblashini aytgandi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlangan buyon jami 5,1 million dozadan ziyod vaktsinadan foydalanilgan. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 938 529 nafarni tashkil qilmoqda.
Soʻrov
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanish majburiy boʻlishi mumkinligiga munosabatingiz?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala