Video

“Tolibon”* hujumi tufayli afgʻonlar uylarini tashlab, qochmoqda - video

Afgʻonistonning Qandahor aholisi oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlmoqda. Toliblar hujumlari davom etmoqda, mahalliy aholi Qandahor chekkasidagi masjidda boshpana topishga harakat qilmoqda.
Qochoqlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ularning orasida yosh bolalar bor.
Bir haftadan beri janglar davom etmoqda. Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlarini olib chiqish fonida radikal harakat vakillari faollashdilar.
Juma kuni ekstremistlar Afgʻoniston hududining 85 foizini oʻz nazorati ostiga olishganini maʼlum qildi. Biroq rasmiy hukumat bu maʼlumotni rad qildi.
* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala