Siyosat

Markaziy va Janubiy Osiyo anjumani boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Oʻzbekiston prezidenti ushbu Anjumanga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni qutlab, delegatsiya rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.
TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mazusidagi yuqori darajali xalqaro anjumanining rasmiy ochilish marosimi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Anjumanni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshladi. Vazir barcha delegatsiya rahbarlari va Forum ishtirokchilarni qutlab, soʻzni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berdi.
Shavkat Mirziyoyev barcha ishtirokchilarni qutlab, konferentsiyada shaxsan ishtirok etayotgan oliy darajadagi delegatsiya vakillariga va mamlakatlar TIV rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yoʻnalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin boʻlishi eʼlon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala