Siyosat

Toshkent anjumani natijasi: tashqi ishlar vazirlarining yakuniy qoʻshma bayonoti

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKonferentsiya "Tsentralnaya i Yujnaya Aziya" v Tashkente
Konferentsiya Tsentralnaya i Yujnaya Aziya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Toshketda boʻlib oʻtgan yuqori darajali Anjuman ushbu hudud davlatlari orasida mavjud boʻlgan barcha masalalar boʻyicha fikr almashish uchun betakror imkoniyat yaratib berdi.
TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Toshkentda boʻlib oʻtgan, xalqaro anjuman yakunida Qoʻshma bayonot imzolashdi.
Qoʻshma bayonot BMTning maqsad va tamoyillariga hamda xalqaro huquqqa asoslangan boʻlib unda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida tranzit va savdo aloqalarini rivvojlantirish, hududning takrorlanmas transport-tranzit potentsialini amalga oshirish, ushbu hudud davlatlari orasida qadimdan mavjud boʻlgan madaniy va doʻstona aloqalarni rivojlantirish, ikkala hudud aholisining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etilgan.
Qoʻshma bayonotda quyidagilar haqida kelishib olindi:
1.
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida, teng huquqlar, oʻzaro manfaatlarni hurmat qilgan holda, anʼanaviy doʻstona ruhda har tomonlama aloqalarni rivojlantirish;
2.
Iqtisod, investitsiyalar, energetika va texnologik innovatsiyalar hamda “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish;
3.
Xalqaro TIR va boshqa konventsiyalar asosida oʻz transport-kommunikatsion tizimini rivojlantirish, dengiz portlari tomon yangi va xavfsiz transport koridorlari tashkil qilish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarining transport-tranzit va logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
4.
Markaziy va Janubiy Osiyoni tutashtirishda Afgʻonistonning “muhim hududiy koʻprik” ekanini hisobga olgan holda, AIRning iqtisodiy rivojlanishiga umumiy regional loyihalar yordamida hissa qoʻshish, xoʻjalik aloqalarini rivojlantirish;
5.
Xalqaro savdo, bojxona, transport, bank, sogʻliqni saqlash, ilm-fna, taʼlim va madaniyat sohalarida raqamli platformalar joriy etish, barcha uchun kiberxavfsizlikni taʼminlash;
6.
Markaziy va Janubiy Osiyodagi madaniy va tarixiy boyliklarni saqlab qolishda oʻzaro tajriba alamashish;
7.
Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarini qamrab olgan sayyohlik yoʻnalishlari tashkil qilish;
8.
Ilm-fan, texnologiyalar, sayyohlik, madaniyat, sanʼat va sport sohalarida munosabatlarini chuqurlashtirish;
9.
Ekologiya va atrof muhitni saqlash masalalari boʻyicha birgalikda yechimlar ishlab chiqish;
10.
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyuiyasini ishlab chiqish;
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Toshketda boʻlib oʻtgan yuqori darajali Anjuman ushbu hudud davlatlari orasida mavjud boʻlgan barcha masalalar boʻyicha fikr almashish uchun betakror imkoniyat yaratib berganini qayd etib, Oʻzbekiston hukumati va xalqiga mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirishdi.
Maʼlumot uchun, 15-16 iyul kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar” anjumanida 44 davlat delegatsiyalari, 29ta xalqaro tashkilotlar vakillari jami 600ga yaqin ishtirokchilar tashrif buyurishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala