Hodisalar

Namangan va Andijonda kuchli sel avtomobillarni oqizib ketdi

© Sots.SetiPosledstviya silnыx dojdey v Namangane
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Namangan va Andijonda kuchli yogʻingarchilikdan soʻng sel kelishi va suv bosish holatlari kuzatildi. Bir necha uylarga suv kirgan, avtomobillar oqib ketgan hamda koʻpriklar shikastlangan. Jabrlangan yoki halok boʻlganlar haqida maʼlumot yoʻq.
TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. kecha 20 iyul kuni boʻlib oʻtgan kuchli yogʻingarchilik oqibatida Namangan va Andijonda kuchli sel kelish va suv basish holatlari kuzatildi, deb xabar qilmoqda mahalliy telegram kanallar hamda Uzb_meteo.
Xususan, 20 iyul kuni soat 18:20 dan soʻng Namangan viloyatining Uychi, Namangan, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon tumani hududlarida hamda Andijon viloyatining ayrim hududlarida kuchli jala yogʻinlari yogʻib oʻtdi.

“Namangan shahridagi kuzatuv stantsiyasida umumiy miqdorda 25 mm yomgʻir yoqqan. Bu, bir gektar maydonga 250 tonna suv tushganini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu miqdor Namangan shahrida yil davomida yogʻadigan umumiy yogʻinning 15% ini tashkil etadi”, - deb yozmoqda telegram kanal Uzb_meteo.

Shundan soʻng Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan oqib oʻtuvchi ''Kosonsoy'' soyiga sel keldi, Namangan shahrida doʻl yogʻishi va koʻchalarni suv bosishi kuzatildi.
© Sots.SetiPosledstviya silnыx dojdey v Namangane
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane
Namangan viloyati Pop tumani togʻli Imomota(Parda Tursin qishlogʻi) MFY hududlarida soat 20:10 hamda 21:05 oraligʻida kuchli jala yogʻinlar tufayli, qishloq hududlaridan oqib oʻtuvchi ''Kengqulsoy'' soyiga sel kelgan. Ushbu sel oqibatida 4 ta avtomobil sel oqib kelgan.
Tumanning Qoʻqimboy hududlarida yogʻib oʻtgan koʻp miqdordagi yogʻinlar tufayli, Boʻston mahallasidagi ayrim aholi yashash xonadonlariga suv kirib borganligi aytilmoqda.
© Sots.SetiPosledstviya silnыx dojdey v Namangane
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane
Namangan viloyati Davlatobod tumani. Davlatobod tumanining yangi Yuksalish massivida ham kuchli yogʻingarchilikdan soʻng yoʻllarni suv bosdi.

Namangandagi jala yogʻinlar ortidan, hosil boʻlgan sel oqimlari Namangan shahri hududidan kesib oʻtgan 4R-117 "Toʻraqoʻrgʻon-Namangan-Chortoq" avtomobil yoʻlining 15 km hamda 4R-112 "Fargʻona xalka yoʻli" avtomobil yoʻlining 73 km qismida joylashgan "Tashlama" koʻprigini suv yuvib, xavfli holatga olib kelgan. Bu yoʻllarda transport harakati vaqtincha cheklangan. Yuzaga kelgan holatlar bartaraf etilmoqda, - deb xabar qilmoqda Namangan viloyati IIB YXXB.

© Sots.SetiPosledstviya silnыx dojdey v Namangane
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Posledstviya silnыx dojdey v Namangane
Kuchli sel natijasida jabrlangan yoki halok boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hozircha ochiqlanmagan.
Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan shu kunlarda togʻli hududlariga dam olish uchun chiqmasliklarini soʻramoqda.
Andijon viloyati Andijon tumanida kuchli yogʻingarchiliklar ortidan, suv bosish hodisalari kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala