Jamiyat

Samarqandda shifokorlarni kaltaklagan fuqaro qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSledstvennыy izolyator, arxivnoye foto
Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Maʼlumot uchun, mart oyida Jizzax viloyatida "Tez yordam" shifokoriga qilingan mushtumzoʻrlik uchun fuqaroga 5 yil qamoq jazosi berilgan edi.
TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida shifkorlarni kaltaklagan fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.
“Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro X.M. ga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman huquq tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, aslida voqea quyidagicha boʻlgan edi: 15 iyul, tungi soat 22:30da Pastdargʻom tumani “Zarbdor” oilaviy shifokorlik punktida joylashgan tez tibbiy yordam boʻlimiga tumanning “Qoʻshquduq” mahallasida yashovchi fuqaro X.M. mast holda keladi va 22 yoshli oʻgʻli M.J. betob ekanligini aytib, navbatchi shifokor va feldsherni tezda uning uyiga borishi kerakligini aytadi.
Shu vaqt tez yordam boʻlimiga telefon orqali boshqa chaqiruv boʻladi va navbatchi feldsher N.I. uni rasmiylashtirish vaqtida fuqaro X.M. betoqatlik bilan feldsher N.Ini haqoratlab, uni kalatklaydi. Shundan soʻng, fuqaro X.M. kaltaklangan feldsherni ish joyida qoldirib, shifokor T.F.ni majburlab mashinasiga oʻtirgʻizib yashash manziliga olib boradi. U yerda ham arzimagan bahonalar bilan shifokorni haqorat qilib ayovsiz kaltaklaydi.
Shundan soʻng shifokor T.F. zudlik bilan Pastdargʻom tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya boʻlimiga olib kelingan. Tibbiy tekshiruv davomida 1988 yilda tugʻilgan shifokor T.F.ga bosh miya jarohati, jumladan, bosh miya chayqalishi, pastki lab ichki yuzasida urib yirtilishi hamda koʻkrak qafasi yumshoq toʻqmalarining lat yeyishi tashxisi qoʻyilgan.
Shuningdek, 1978 yilda tugʻilgan navbatchi feldsher N.I.ga burun suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam koʻrsatildi.
Aytish joizki, soʻnggi 3-4 yilda Oʻzbekistonda shifokorlarga hujum qilish holatlari soni koʻpayib bormoqda. Aksariyat hollarda bundan “Tez yordam” xizmati xodimlari aziyat chekmoqda.
Ana shunday voqealardan biri ushbu yilning 1 mart kuni Jizzax viloyatida sodir boʻlgan edi. Tez tibbiy yordam shifokori X.Mga xizmat vaqtida fuqaro D.O tomonidan qilingan tajovuz uchun 2021 yil 16 martdagi sud hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining tegishli qismi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan va ayni damda D.O. jazo muddatini oʻtamoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala