Antirekord: O‘zbekistonda bir sutkada 719 kishida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Obuna bo‘lish
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 116 755 (+746) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. Kecha O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 719 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 492 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
2021 yil 21-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122 048 nafarni tashkil etmoqda.
V Uzbekistan dostavili yeshe 1 mln. doz vaksini ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
O‘zbekistonga yana bir million doza vaksina olib kelindi
Yangi kasallanish holatlarining: 71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 20 nafari Andijon viloyatida, 13 nafari Buxoro viloyatida, 81 nafari Jizzax viloyatida, 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Navoiy viloyatida, 31 nafari Namangan viloyatida, 78 nafari Samarqand viloyatida, 22 nafari Sirdaryo viloyatida, 81 nafari Surxondaryo viloyatida, 71 nafari Farg‘ona viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 83 nafari Toshkent viloyatida, 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 116 755 (+746) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0