Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Oʻzbekiston bokschilari Tokioda ham birinchi boʻlishga tayyor

© MOKBoks boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Boks bahslariga qurʼa tashlash marosimi 22 iyul kuni boʻlib oʻtadi va Oʻzbekiston bokschilarining raqiblari nomi maʼlum boʻladi.
TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston bokschilari Riodagi yetakchilikni himoya qilishga shay, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi.
"Tokioda ham barcha “Oʻzbek yoʻlbarslari”dan kamida Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarida qayd etilgan natijalarning takrorlanishini kutishmoqda. Marat Qurbonov boshchiligidagi jamoamiz Yangi Oʻzbekiston uchun yangi gʻalabalarni taqdim etishga shay turibdi", - deyilgan xabarda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokioda soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini yakunlab Olimpiya shaharchasiga kelib joylashishdi. Ertaga (22 iyul) boks bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi va Oʻzbekiston bokschilarining raqiblari nomi maʼlum boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston boks boʻyicha jami 11ta yoʻllanma - 8 ta erkak va 3 ta ayollar vaznida qoʻlga kiritgan. Dunyo boʻyicha faqat 3 jamoada 11 nafardan bokschilar bilan ishtirok etmoqda.
© Press-slujba NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne
Sbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Sbornaya Uzbekistana po boksu razmestilas v Olimpiyskoy derevne
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala