Sport

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi taniqli grossmeysterni magʻlubiyatga uchratdi

© cheShaxmatnыe figurы
Shaxmatnыe figurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
16 yoshli Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan gʻalaba qozondi.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonlik 16 yashar Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan 3:1 hisobi bilan gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Shaxmatist Nodirbek Abdusattorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Shaxmatist Nodirbek Abdusattorov
Nodirbek xalqaro reytingda 127-oʻrinni egallagan boʻlsa, uning raqibi, FIDE Jahon kubogi turnirining asosiy favoritlaridan biri Anish bu reytingda naq 8-oʻrinda edi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning blits va rapid yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionatida qatnashayotgan 16 yoshli Shamsiddin Vohidov rapid yoʻnalishidagi bahslarning ikkinchi raundida amaldagi jahon chempioni, Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala