Siyosat

Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLiderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Oʻzbekistonda prezident saylovlariga rasman start berilgan kun Sputnik Oʻzbekiston muxbiri saylovda ishtirok etayotgan beshta partiya yetakchilari bilan uchrashdi va siyosatchilarning rejalariga qiziqib koʻrdi.
Oʻzbekistonda mamlakat prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga bugun, 23 iyul juma kuni, rasman start berildi.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi saylov qonunchiligiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi kampaniyasi boshlanganligi mamlakat prezidenti vakolati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan eʼlon qilinadi.
Bugundan boshlab partiyalar oʻz nomzodlarini rasman taqdim etishi, shuningdek hujjatlarni MSKga topshirishi mumkin.
Ayni vaqtda, prezident saylovlarida ishtirok etayotgan beshta partiya - "Adolat" Sotsial-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDep), Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiya oʻz nomzodlarini partiyaning eng Oliy organida tasdiqlatish ustida ish olib bormoqdalar.
Prezident saylovlariga rasman start berilgan kun Sputnik Oʻzbekiston muxbiri saylovda ishtirok etayotgan partiyalar yetakchilari bilan uchrashdi va siyosatchilarning rejalariga qiziqib koʻrdi.
Aktam Xaitov, OʻzLiDep Siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi bu saylovga juda jiddiy tayyorgarlik koʻrgan. Hozirgi kunda tashkiliy jarayonlarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni davom ettiryapmiz - siyosiy kengash ijroiya qoʻmitasi majlisini oʻtkazib, saylovoldi shtabimizni toʻliq shakllantiramiz va sʼyezdga tayyorgarlik ishlarimizni belgilab olamiz.
© Dilshoda RaxmatovaAktam Xaitov, predsedatel ispolkoma Politsoveta UzLiDep
Aktam Xaitov, predsedatel ispolkoma Politsoveta UzLiDep - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Aktam Xaitov, predsedatel ispolkoma Politsoveta UzLiDep
Oldimizda turgan eng katta vazifalardan biri – 2016 yilda saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalarni chuqur tahlil qilib, hozirgi saylovoldi dasturimizni nihoyasiga yetkazishdir.
Jumladan, dasturimizni 2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar Strategiyasiga muvofiqlashtirganmiz.
Saylovoldi dasturimizdan oʻrin olgan asosiy masalalar quyidagilardir:
- Xalqimizni ogʻirini yengil qilishga, ularni rozi qilishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish. Aholining kambagʻal qatlamini kambagʻallikdan chiqarish - ularni tadbirkorlikka, oilaviy tadbirkorlikka oʻrgatish, yaʼni ishbilarmon qilish, shu maqsadda qoʻllab-quvvatlash masalalariga juda katta eʼtibor qaratyapmiz. Oilaviy tadbirkorlik orqali aholining barcha qatlamlarini birlashtirish va birinchi navbatda yoshlar, ayollar masalalari eʼtibor qaratish;
- Eng bebaho xazinamiz boʻlgan – yer, yerdan foydalanish masalalari boʻyicha samaradorlikni oshirish, bu borada shaffof tizimini yaratish.
- Eng katta masalalardan yana biri – iqtisodiyotning sogʻlom va raqobatbardoshligini taʼminlashdir. Bunda davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirib, davlat xususiy-sherikchilikni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Ayniqsa, tibbiyot, taʼlim, uy-joy kommunal xizmat, transport, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi va qator sohalarda davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish orqali investitsiyalarni koʻproq jalb qilish, yanada koʻproq ish oʻrinlarini yaratish va xalqimizni ish bilan taʼminlash masalalariga alohida urgʻu beryapmiz.
- Raqamlashtrish – bu orqali elektron savdoni rivojlantirish masalalariga alohida urgʻu beramiz va bu borada ham qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ishlarni davom ettiramiz.
- Sud-huquq yoʻnalishini takomillashtirish.
Bahrom Abduhalimov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
- Saylovlarga tayyorgarlikni bugun yoki kecha boshlaganimiz yoʻq, uzoq muddatdan buyon buni ustida ish olib boryapmiz. Chunki bu dastur – nihoyatda masʼuliyatli, partiyaning buguni, ertasiga aniqlik kiritadigan hujjat. Ekspertlar guruhi shakllantirilgan, ulardan takliflar olganmiz. Xorijiy tajriba oʻrganilgan: dunyodagi sotsial-demokratik partiya dasturlarini, jumladan Rossiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Yevropa davlatlari tajribasini oʻrgandik va shu bilan bir qatorda mahalliy anʼanalarimiz, urf-odatlarimiz bilan boyitishga harakat qildik.
© Dilshoda RaxmatovaPredsedatel Politsoveta Sotsial-demokraticheskoy partii "Adolat", vitse-prezident Akademii nauk Baxrom Abduxalimov
Predsedatel Politsoveta Sotsial-demokraticheskoy partii Adolat, vitse-prezident Akademii nauk Baxrom Abduxalimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Predsedatel Politsoveta Sotsial-demokraticheskoy partii "Adolat", vitse-prezident Akademii nauk Baxrom Abduxalimov
"Adolat" partiyasi nomidan maʼlumki biz - adolatli jamiyat qurish tarafdorimiz. Har bir insonga teng sharoit yaratish, farovon hayot qurishga intilish, qolaversa, har bir fuqaroning huquqiy talablarini qoniqtirish masalasi kun tartibimizdan oʻrin olgan.
Shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitidan xulosa qilgan holda tibbiyot sohasida tabobat boʻyicha milliy dastur yaratish ustida ishlayapmiz. Chunki iqtisod qancha kuchli boʻlishidan qatʼiy nazar – agarda xalqda tibbiy madaniyat boʻlmasa – kasallik rivojlanib boryapti.
Undan tashqari, oliy taʼlim tizimini qamrab olamiz: har bitta davlatni kelajagi – kadrlardir, ularni tayyorlash masalasiga juda koʻp narsa bogʻliq. Jumladan, darsliklar masalasi koʻp yillardan buyon muhokama qilinadi, u boʻyicha ishlayapmiz.
Umuman, gumanitar sohalar partiya uchun anʼanaviy tus olgan. Oʻzim gumanitar soha vakiliman, shu bois allomalar merosi va ularga boʻlgan eʼtibor masalalariga katta oʻrin berganmiz. Va yangiliklardan yana bittasi– dunyo mamlakatlari ilm-fansiz rivojlanmaydi. Shu nuqtai-nazardan, dasturimizda ilm-fan taraqqiyoti boʻyicha takliflarni jamlaganmiz, bu tadqiqotlarni moliyalashtirish masalasi bilan bogʻliq.
Faoliyatimizda dolzarb va qizgʻin palla eshik ochayotganini his etib turibmiz. Endi keng jamoatchilik ichiga chuqur kirib borish, insonlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini yanada oshirish, elektoratimiz manfaatlarini himoya qilishga yanada faolroq kirishamiz.
Alisher Qodirov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rahbari
- "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi parlament saylovlari yakunlagandan keyinoq prezidentlik saylovlarida natija uchun harakat qilishni oldiga maqsad qilib, harakatlarni boshlagan edik. Dasturimizni takomillashtirish, nomzodlarni saralash kabi masalalar partiyani ichki tizimlari bilan amalga oshirildi.
Bugunoq partiyani Ijro qoʻmitasi majlisini oʻtkazamiz va partiya markaziy kengashi plenumi oʻtkaziladigan kunni belgilaymiz. Bu avgust oyining birinchi yarmida boʻlishini rejalashtiryapmiz. Ushbu plenumda partiyamizni prezidentlikka koʻrsatadigan nomzodlari masalasida aniq bir toʻxtamga kelamiz va nomzodni maʼqullash uchun sʼyezdga taqdim qilamiz.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadыrov
Lider partii Milliy tiklanish Alisher Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Lider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadыrov
Butun dunyoda bugungi kunda insoniyatni maʼnaviy-madaniy siljishlari taʼsiri Oʻzbekistonda ham sezilmoqda, bu oʻz-oʻzidan Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishdagi va tarixiy rivojlanishiga taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Mana shu jarayonlarda Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" partiyasi har qanday rivojlanishni qadriyatlar poydevori asosida boʻlishi kerak, deb hisoblaydi va partiyani ilgari suradigan dasturi aynan shu gʻoyalar asosida boʻladi.
Ulugʻbek Inoyatov, Xalq demokratik-partiyasi Markaziy Kengashi raisi
- Xalq demokratik partiyasi prezident saylovlarida ishtirok etish uchun barcha imkoniyat va resurslarni ishga solgan. Mana shu oʻtgan davr mobaynida nomzodimizning saylovoldi dasturi ustida ishladik va bu dasturni ishlash uchun quyi tizimgacha tushib, xalqimizni, elektoratimizni qiynayotgan masalalar, ularning yechimi boʻyicha takliflari umumlashtirdik. Tayyorlangan dasturimizni ekspertlarga berdik, ekspertlarni fikrlarini oldik va ularni takomillashtirdik.
© Dilshoda RaxmatovaUlugbek Inoyatov, predsedatel Tsentralnogo soveta Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Ulugbek Inoyatov, predsedatel Tsentralnogo soveta Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Ulugbek Inoyatov, predsedatel Tsentralnogo soveta Narodno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Besh kun ichida vakolatli vakilimizni roʻyxatdan oʻtkazish va 20 kun muddat ichida saylovlarda ishtirok etish uchun hujjatlarimizni taqdim etamiz va roʻyxatdan oʻtganimizdan soʻng Qurultoyimiz vaqtini belgilab, unda prezidentlikka nomzodimizni koʻrsatamiz. Nomzodlar roʻyxati shakllantirilgan. Albatta, ular ichida erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham bor. Nomzodlar xalqimiz tanigan, xalqimiz uchun koʻp xizmat qilgan insonlardan iborat.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy elektorati bugungi kundagi ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan qatlam hisoblanadi. Ular pensionerlar, koʻp bolali onalar, yetim bolalar. Mana shu nuqtai-nazardan nomzodimizni dasturida ularni qiynaydigan masalalar oʻrin olgan: bandlik, sogʻliqni saqlash, uy-joy taʼminoti, haq-huquqlarini taʼminlash va taʼlim olish. Shuningdek, dasturda nomzodimizni xalqaro siyosatdagi pozitsiyasi masalalari ham koʻzda tutilgan.
Narzullo Oblomurodov, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi
Eko-partiya rahbari Narzullo Oblomurodov partiya prezident saylovlarida ilk bor ishtirok etayotgani va saylovlarga tayyorligini maʼlum qildi.
© Dilshoda RaxmatovaNarzullo Oblomurodov, lider Ekopartii
Narzullo Oblomurodov, lider Ekopartii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Narzullo Oblomurodov, lider Ekopartii
Partiya oʻzining "Biz kelajak uchun javobgarmiz!" shioridan kelib chiqqan holda saylov dasturini tayyorlagan.
Partiya siyosiy hujjatidan:
- Ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish;
- Iqlim oʻzgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini yanada rivojlantirish;
- Davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish;
- Sogʻliqni saqlash, taʼlim, ilm-fan va madaniy-maʼrifiy sohalarni yanada rivojlantirish;
- Tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish singari yoʻnalishlar oʻrin olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala