Siyosat

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti avgustda Turkmanistonda boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi tsentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi tsentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Dastlab MO davlat rahbarlari uchrashuvi 2020 yilning avgustida Qirgʻizistonda boʻlib oʻtishi kerak edi, lekin pandemiya tufayli 2021 yilga qoldirildi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti 6 avgust kuni Turkmanistonda boʻlib oʻtadi. Bu haqida 24 iyul kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari suhbatida maʼlum boʻldi.
Xabarda aytilishiga koʻra, MO davlat rahbarlari uchrashuvi Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan “Avaza” - milliy sayyohlik hududida 6 avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Dastlab, MO davlatlariing oliy darajadagi uchrashuvi oʻtgan yilning avgust oyida Bishkekda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya tufayli ushbu uchrashuv 2020 yilning kuz mavsumiga. Keyin esa 2021 yilga koʻchirildi.
Toshkentda 16 iyul kuni boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda ushbu sammitni avgust oyida Turkmanistonda oʻtkazishga kelishib olingan edi. Sammitning aniq sanasi esa bugun maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun, MO davlat rahbarlari uchrashuvlarini oʻtkazish Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli boʻlib, ilk bor ushbu tashabbus BMTning 72-sessiyasi davomida eʼlon qilingan edi. Shundan soʻng ilk uchrashuv 2018 yilning mart oyida Qozogʻistonda va 2019 yilda TOshkentda boʻlib oʻtgan edi. Uchrashuvlarni bir yilda bir marotaba oʻtkazishga kelishib olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala