Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Yorqin gʻalaba: taekvondochi Ulugʻbek Rashitov oltin medalni qoʻlga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaUlugbek Rashitov - olimpiyskiy chempion Uzbekistana
Ulugbek Rashitov - olimpiyskiy chempion Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2021
Ulugʻbek Rashitov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonlik taekvondochi Ulugʻbek Rashitov britaniyalik raqibi Bredli Sindenni magʻlub etib, Tokio Olimpiadasida Oʻzbekistonga ilk oltin medalni taqdim etdi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaUlugbek Rashitov - olimpiyskiy chempion Uzbekistana
Ulugbek Rashitov - olimpiyskiy chempion Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2021
Ulugbek Rashitov - olimpiyskiy chempion Uzbekistana
Rashitov raqibini uch raund yakuniga koʻr 32:29 hisobida gʻalaba qozondi va Oʻzbekiston tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada chempioni boʻlgan ilk sportchi sifatida tarixga kirdi.
Ulugʻbek Rashitov 2002 yil 23 mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan.
2008 yildan taekvondo bilan shugʻullanadi. Birinchi murabbiyi Pavel Xan. Hozir ham ushbu murabbiy qoʻl ostida shugʻullanadi.
Ulugʻbek 2014 yil kadetlar oʻrtasida mamlakat chempionatida gʻalaba qozondi va ushbu toifada terma jamoa tarkibiga qabul qilindi. 2017 yildan xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari boshlandi.
Rashitov may oyida Iordaniyada oʻtgan litsenzion turnir orqali -68 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻlgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala