Toshkent irrigatsiya instituti rektori O‘ktam Umrzoqov vafot etdi

© Tashkentskiy institut injenerov irrigatsii i mexanizatsii selskogo xozaystvaUmer rektor irrigatsionnogo instituta Uktam Umurzakov
Umer rektor irrigatsionnogo instituta Uktam Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Umrzoqov O‘ktam Pardayevich 26-iyul kuni vafot etdi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Umrzoqov O‘ktam Pardayevich 26-iyul kuni vafot etdi.
Iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Umrzoqov Respublika oliy ta’lim kengashi raisi ham edi.
Marhumning janozasi ertaga, 27-iyul kuni Toshkentda o‘qiladi.
Prazdnovanie Kurban-bayrama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi sudyasi vafot etdi
O‘ktam Umrzoqov 1952-yil 20-avgustda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, shundan keyin deyarli butun mehnat faoliyatini ushbu oliygohga bag‘ishlagan. Institutda o‘qituvchi, kichik ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, fakultet dekani va prorektor lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan institut rektori, 2019-yildan Respublika oliy ta’lim kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning otasi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘ktam Umurzoqovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0