Jamiyat

MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi

© Press-slujba MISiSVstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Joriy yilning 26 iyul kuni Olmaliq shahridagi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti - "MISiS" ning Olmaliq filialiga kirish imtihonlari boshlandi.
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJga qarashli "AKMK" sport majmuasining stadionida oʻtkazilayotgan imtihonlar 26-30 avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialiga 1276 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
© Press-slujba MISiSVstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane
Qayd etilishicha, imtihonlar "Matematika", "Fizika" va "Rus tili" fanlaridan yozma ravishda oʻtkazilmoqda. Jarayon shaffof va obʼyektiv oʻtishini taʼminlash maqsadida filialning professor-oʻqituvchilari, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning vakillaridan xamda OAV vakillaridan iborat kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Imtihondan avval "AKMK" stadionining kirish joylariga videokuzatuv uskunalari, yoritish moslamalari oʻrnatilgan.
© Press-slujba MISiSVstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Vstupitelnыe ekzamenы v filiale MISiS v Uzbekistane
Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Oʻzbekistonda test sinovlari stadionlar va xiyobonlarda oʻtkazilishi tasdiqlangan.
Shuni takidlash joizki, Filialga 2021-2022 oʻquv yiliga kunduzgi taʼlim shakliga 200 nafar va sirtqi taʼlim shakliga 150 nafar talaba qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim kvotalarini belgilash komissiyasi tomonidan belgilangan va kunduzgi taʼlim shaklidagi talabalarning 40 foizi davlat granti asosida taʼlim olishadi.
Hozirgi kunda filialda 500 nafar talaba "Konchilik ishi", "Metallurgiya" va "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)" yoʻnalishlarida tahsil olmoqda.
MISiS - Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 11 maydagi “Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala